Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

sevganingiz – 
kenjangizning
jerkishlaridan, qarg‘ishlaridan behad qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q 
qo‘rqaman. Shu yaqin oradagi uning bilan bo‘ladigan mas’ud daqiqalaringizda 
xudo yo‘liga va’da olingiz – meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb o‘ylamasin. 
Nihoyati 
maqsadim – ikki do‘stga bir cho‘rilik va shu munosabat bilan 
birovlarni ko‘rib yurish... 
Muloqotda tinglovchining xususiyatini inobatga olish, uning kayfitini 
buzmaydigan, og‘ir botmaydigan qilib so‘zlash, kibrga berilmaslik muhim bo‘lib, 
muloqot sifati va uning natijasini belgilaydi.
Quyidagi misol asosida bunga amin bo‘lamiz. O‘tmishda tobora 
kambag‘allashib borayotgan bir dehqon yo‘l chetida o‘ylanib o‘tirsa, faqirgina 
yo‘lovchi o‘tib qolibdi.


 108 
Shunda dehqon:
– 
Ey donishmand
, nima eksam, men boyib ketaman? – deb murojaat 
qilibdi. Yo‘lovchi unga piyoz ekishni maslahat beribdi. Notanish yo‘lovchining 
gapiga kirgan dehqon o‘sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar-
tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o‘sha odmigina yo‘lovchi uchrab qolibdi. 
Dehqon yana so‘rabdi: 
– 
Ey gado
, nima eksam, men yana boyib ketaman? – deb ikkinchi 
marotaba murojaat qilibdi. 
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo‘lida davom etibdi. Keyingi yili 
dehqonning omadi chopmabdi, kambag‘allashib ketibdi. Bundan g‘azablangan 
dehqon haligi yo‘lovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u tanish 
yo‘lovchini uchratibdi va: 
– 
Ey nodon yo‘lovchi
, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada 
boyish o‘rniga butkul kambag‘allashib ketdim-ku! – deb g‘azab qilibdi. 
– O‘zingni bos,–debdi yo‘lovchi. – Birinchi 
yili 
sen 
menga 
“donishmand” 
deb murojaat qilding. Men senga donishmand javobini berdim. 
Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar menga 
“gado”
deb murojaat qilding va 
men gadoning javobini berdim, – degan ekan. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin