MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI
Nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchining o‘rni benihoya katta, har
ikkala tomon ham o‘z-o‘zicha mustaqil maqsadga ega bo‘ladi. So‘zlovchi har
qanday NMda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu maqsad tinglovchi
tasavvurida nima uchun va nima niyat bilan so‘zlanilayotganini his etishdan
iborat. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirra (so‘zlovchi va tinglovchi)
ning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. So‘zlovchi ma’lum
bir axborotni tinglovchiga yetkazishda uni turli shakllarda berishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi va bunda u quyidagi maqsadli usullardan foydalanishi
mumkin:
1)
axborot yetkazish;
2) iltifot ko‘rsatish;
3) boshqaruv (regulyativ);
4) xitob (apelyativ);
5) ta’sir etish;
6) hayajon;
7) maslahat, undash;
8) tabriklash va h.k.
Tinglovchining maqsadi –tinglash. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl
Karnegi “Yaxshi suhbatdosh–yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni
biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan
bo‘lishini nazarda tutgan edi
60
.
Tinglash – muloqotning eng muhim komponenti. Tinglash san’atini puxta
egallamagan kishi hech qachon sog‘lom munosabat o‘rnata olmaydi. Tinglay
bilmaslik og‘ir ma’naviy va, hatto, sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi ham
mumkin. Afsuski, muloqot ishtirokchilari ko‘p hollarda tinglash kuchli psixik
vosita ekanligini unutib qo‘yishadi. Suhbatdosh so‘zlarini eshitamiz, ammo
eshitish
va
tinglash
bir xil narsa emas.
Tinglash – faol jarayon, u fikrning ma’nosini, so‘zlovchining maqsadini
anglashga intilish kabilarni o‘z ichiga olgani bois tushunish bilan chegaradosh.
Tinglashni ikki guruhga ajratish mumkin:
a) refleksiv;
b) norefleksiv
61
.
60
Карнеги Д. Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей. –Тошкент: “Шарқ” НМАК, 1992. – С.
282.
61
Формановская Н. Речевой этикет и культура общения. – М.:Высшая школа,1989. –С.187.
120
Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga singdirishga,
uning bayoniga avvalo, har xil ifodaviy usullar (yuz, ko‘z, va boshqa a’zolarning
har xil holati) bilan munosabat bildirish (asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish,
hayrat, tushunmaslik kabilar)ga qaratilgan bo‘ladi. Refleksiv tinglashda adresat
muloqotga so‘zlovchi mavqeida kirishganda uning fikri kommunikator
(so‘zlovchi) bayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma (musibat, alam
yoki aksincha shod-xurramlik) larni boshdan kechirayotganda va tushunadigan
tinglovchiga muhtoj bo‘lganda qo‘llanadi, ya’ni suhbatdosh o‘z kechinmalari
bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lganda ishlatiladi.
Norefleksiv
tinglashda
javoblar
minimallashtiriladi.
Ular
neytral,
suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘lishi kerak. Ularning
eng keng tarqalganlari “Shundaymi?”, “Davom eting, bu juda qiziq-ku”, “Ha, ha
tushunayapman”, “Buni eshitishdan juda xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”,
“Shunaqa gaplar deng” kabilar. Bunday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi.
Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari bor. Masalan,
so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi suhbatdoshni
qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul – so‘zlovchining so‘zlarini tinglab,
undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari,
tinglash jarayonida “Yo‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!”
kabi luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45% ini
kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda
bo‘ladigan – savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-45% oylik
maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olar ekanlar
62
. Bundan xulosa
chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin tarkibiy qismidan hisoblangan tinglash
qobiliyati odamga so‘zlashga nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida tinglashning foydasi, so‘zlash
mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr bildiradi:
Bu Aytoldы aydы sөzүg bilgәdin
Eshitgu biligsizkә aysa kedin
Ulug‘dыn eshitgү kerәklig sөzүg
Kichigkә ayu bergү tusa өzүg
Өkүsh tыңlag‘u sөz birәr sөzlәgү
Menә mundag‘ aydы biliglig bөgү
62
Мадэлин-Беркли Ален. Забытое искусство слушать. – Санкт-Петербург:Питер,1977. – С. 41.
121
Өkүsh sөzlәyү bilgә bomas kishi
Өkүsh eshtү bilgә tүz bashы
Ag‘ыn bolsa yalңuq bilir ham bilig
Yaңu bolsa tegmәs biligkә әlig.
Dostları ilə paylaş: |