Book · January 022 citations reads 484 author


bo‘ldingiz… Endi menga  javob beringiz-chi: bu  yomonliklaringizda siz



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

bo‘ldingiz…
Endi menga 
javob beringiz-chi: bu 
yomonliklaringizda siz
 haqlimi 
edingiz?
 
– Haqli edim! – dedi Homid va siltab xanjarli qo‘lini bo‘shatib chalqancha 
yiqildi...
Izzat-hurmatli, madaniyatli, tarbiyali, kitobxonga har tomonlama ibrat bo‘la 
oladigan xonadon farzandi bo‘lmish Otabek ijtimoiy tabaqa (beklik) jihatidan 
o‘zidan o‘nlab pog‘ona pastda bo‘lmish Homidni 
sizlaydi.
Homid unga juda 
qo‘pol munosabatda bo‘lsa hamki, u keyingi murojaat shaklida ham Homidni 
sizlashni kanda qilmaydi. Nega?.... Javob juda sodda. Otabek – izzat-hurmatli, 
tarbiyali xonadon farzandi bo‘lish bilan birga, o‘z qadr-qimmatini biladigan, 
g‘ururini himoya qila oladigan, har qanday sharoitda ham g‘ururining poymol 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan, yuksak madaniyatli inson. Birovni sensirash uning 
zotiy tabiatiga xilof. Shuning uchun u o‘z ashaddiy dushmaniga ham sizlab 
murojaat qiladi. 
Ikkinchi holat: Kumush o‘layotgan paytda uning Zaynabga aytgan so‘zlarini 
esga olaylik. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, muloqotda oliy madaniyat sohibi 
bo‘lgan Otabekning nutqiy xulqida hozirgi kitobxonni hayratlantiruvchi bir lavha 
mavjud. Bu ham bo‘lsa Kumushbibi halokat jarayonida bo‘lganida Zaynabga 
nisbatan “
taloq
” so‘zidan boshqa yana bir qo‘pol haqorat ifodasini ishlatishidadir. 
Otabek Zaynabni buzuqlikka, xiyonatga, sotqinlikka ishora qiluvchi haqorat so‘z 
bilan ataydi. Lekin romanning butun bayonida Zaynabning xiyonati yoki 
buzuqlikka mayli bo‘lganligiga ishora qiluvchi bir og‘iz ham so‘z yoki shama 
yo‘q. Nega Otabek shu haqorat so‘zni qo‘lladi va 
otasi, onasi, Kumushbibi, 
Oybodoq
(to‘rt guvoh) huzurida bu so‘zni baland ovozda qahru g‘azab va “taloq” 
so‘zi bilan birgalikda ishlatgani hozirgi kitobxon uchun mutlaqo tushunarsiz. 


 113 
Zero, yaralangan, ikki dushmanini o‘ldirgan
51
, ashaddiy dushmani bo‘lmish 
Homidboyning xanjarli qo‘lini qisib turgan Otabekning dushmanini sizlab 
gapirishi, lekin ko‘pchilik qarindoshlari huzurida halol xotinini haromi, buzuq 
deb so‘kishi – u odam o‘ldirgan bo‘lsa-da – hech o‘zaro mos kelmaydigan 
holatlardir.
Bu lavhaning siri muhit – Otabek yashab turgan davrning mutlaq Qonuni – 
o‘sha davr Konstitutsiyasi bo‘lmish shariat ahkomlari bilan bog‘liq. Hozirgi 
kitobxon bu ahkomlardan yiroq bo‘lganligi uchun ham Otabekning haqorat so‘zni 
ishlatgani sabablari unga uncha ayon emas. Gap shundaki, shariat amriga ko‘ra er 
xotinni guvohlar huzurida buzuq deb atasa, uning so‘zi isbotsiz qabul qilinadi. Bu 
haqda Qur’oni Karimning “Nur” surasi 6-oyati karimasida erning guvohlarsiz 
yakka holda o‘z xotinini oshkor ravishda, ya’ni boshqalar huzurida buzuq deb 
atashi xotin buzuqligini ko‘rgan to‘rt guvohning shohidligiga teng ekanligiga 
ishora mavjuddir
52

Shariat ahkomlari bo‘yicha ma’lumki, er xotinni taloq qilsa, yana qayta 
nikoh qilib olishi, hatto uch taloq qilganda ham, “halola” qilib (ya’ni xotinini 
boshqa birovga nikoh qildirib), qaytadan uylanishi va nikoh qilishi mumkin. 
Lekin xotin er tomonidan buzuqlikda ayblansa, bu er shu xotiniga boshqa uylana 
olmaydi, ya’ni o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan er-xotinlik munosabatlarida 
bo‘la olmaydi. Agar u xotinini buzuqlikka oshkoro ayblasa va yana u bilan 
yashab ketsa, o‘sha davr jamoasi uni 
mardud
sanaydi hamda jamoadan 
chetlashtiradi, u bilan aloqalarni botil qiladi. Mana shuning uchun Otabek 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin