Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

O‘Z-O‘ZINI OQLASH
– ayblovning mantiqiy davomi. 
Bir xatoga minglab oqlovlar o‘ylab topish mumkin. O‘ylab topish – xo‘sh, nega 
aynan shunday? Javob oddiy: biz o‘z kamchilik va xatolarimizni oqlash uchun 
keltiradigan bahonalarimiz aslida mavjud emas. Ularni o‘zimiz uchun himoya 
qobig‘i sifatida o‘ylab topamiz, xolos. 
Endi chuqur mulohaza qilaylik – balki o‘zgarishni bugunoq boshlarmiz? 
Yoki sustkashlikda, o‘zgalarni aybdor qilishda, o‘zimizni oqlashda davom 
etaveramizmi?
Taqdirimiz – bizga hadya etilgan muqobil yo‘llar. Boshqa yo‘l yo‘q. Undan 
qochib qutulolmaymiz. Ha, taqdirdan. Yo‘llar esa aniq – ezgulik va yovuzlik
parvoz va tanazzul, tubanlik va yuksalish yo‘llari. Bizga bu ikki yo‘ldan birini 
tanlash ixtiyori berilgan. 
TAJRIBA – NUQSON – MUVAFFAQIYAT 
 
O‘z xatolarini bartaraf etishni xohlovchilar, umuman olganda, o‘ziga 
tanqidiy munosabatda bo‘ladigan kishilar oramizda juda ko‘p. Ilon po‘st 
tashlagani kabi, nuqsonlaridan peshma-pesh xalos bo‘lib borishni maqsad qilib
bunga qat’iy at bilan, rejali tartibda intiladigan yoshlar esa kelajakda buyuk 
insonlar bo‘lishga qodir kishilar. Men kishilarni o‘z nuqsonlariga munosabati 
nuqtayi nazaridan quyidagi toifalarga ajratgan bo‘lar edim: 
1.
O‘z nuqsonlarini tan olmaydiganlar. 
2.
O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni istamaydiganlar. 
3.
O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni istaydiganlar. 
4.
O‘z nuqsonlarini bartaraf etishni maqsad qilganlar. 
5.
O‘z nuqsonlarini bartaraf etishga harakat qiladiganlar. 
Har bir o‘rin, bir vaqtning o‘zida, o‘sha kishilarga men tomonidan qo‘yilgan 
bahoni ham anglatadi. Masalan, o‘z nuqsonlarini bartaraf etishni maqsad 
qilganlarning bahosi – “4”, nuqsonlarini bartaraf etish yo‘lida harakat 
qiladiganning bahosi esa – “5”.
Men quyida tengdoshlarimga biror maqsadga erishish uchun harakat qilish 
davomida qanday saboqlar olish mumkinligi haqida to‘xtalmoqchiman.


 126 
Biror ishni bexato bajarishni o‘rganishning eng yaxshi usuli, ya’ni 
muvaffaqiyatning birinchi garovi, avvalambor, o‘sha ishni noto‘g‘ri bo‘lsa-da, 
bajarib ko‘rishdir. Zero, eng ulkan saboq – mag‘lubiyatdan chiqarilgan zarur 
xulosa, mag‘lubiyatni his etish tajribasidir. Bunda o‘zimizni shaxs sifatida 
chuqurroq anglab yetamiz. Qolaversa, kelgusi muvaffaqiyatlarga zamin 
hozirlaymiz. 
Ikkinchi saboq – muvaffaqiyatga erishgan, har tomonlama yetuk 
insonlarning hayotini kuzatib borish. Ularning so‘zlari va amallarini o‘zimizga 
namuna qilib olaylik. Zero, atrofimizdagi har qanday inson biz uchun bebaho 
USTOZ bo‘lishi mumkin. Masalan, birovdan qanday bo‘lish va nima qilish 
kerakligini o‘rgansang, boshqa birovdan qanday bo‘lmaslik va nima qilmaslik 
kerakligi bo‘yicha saboq olasan. Faqat ulardan nimani o‘rganish, nimasidan 
saboq olishni aniqlab olish kerak.
Hayotning har kuni bir dars, har lahza bir saboq va, ta’kidlash joizki, faqat 
hech kim mukammal emas, boshqalar esa mukammal bo‘la oladi. Axir, biz 
HECH KIM emasmiz-ku! Bizni kamolotga shunchaki tajribalar emas, balki 
mukammal tajribalar yetkazadi. Mukammal tajriba esa chuqur anglangan, tahlil 
qilingan tajribadir. Masalan, qo‘lingizga tikan kirdi va og‘riq sezdingiz. Bu – 
oddiy tajriba. Lekin bu hodisaning sabablarini aniqlab, oqibati nima bo‘lishini 
ceza olsangiz, tajribangiz mukammalik kasb etadi.
Kundalik hayotimiz tajribalarga to‘lib-toshgan. Modomiki, biz ularni 
anglamas va tahlil qilmas ekanmiz, ular oddiyligicha qolib ketaveradi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin