Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Свеженко тебе!”
(Tozalik senga!) 
deyilgan, mehmonlarni esa 
“Хлеб да сол”
(Non va tuz!), 
“Чай да сахар!”
(Choy va shakar!), 
“Чем богаты, тем и рады!”
(Borimiz sizniki!) deb; sigir 
sog‘ayotgan ayolga 
“Море под коровой!”
(Sigiringiz suti daryodek bo‘lsin!); 
baliq ovlovchiga 

Улов на рыбу!

(Baliq ovingiz omadli bo‘lsin!) degan tilaklar 
bildirilgan va h.k.
57
Xalqimizda 
so‘zlovchi 
ish 
bilan 
mashg‘ul 
kishi/jamoa 
bilan 
ko‘rishish/salomlashishdan oldin qilib turgan ishiga bog‘liq ravishda dastlab 
“Hormang!”, “Xirmonga baraka!”, “Hosil bo‘lsin!”, “Ishga baraka!”, 
“Sharbat bo‘lsin!”
kabi ishga rivoj va samara tilab muloqotga kirishgan. 
Afsuski, o‘zbek tili va madaniyati hali bu nuqtayi nazardan o‘rganilmagan, 
desak bo‘ladi.
O‘z tariximizga nazar solar ekanmiz, o‘zbek tili va madaniyati 
o‘tmishda naqadar boy, salomlashish usulari esa qanchalik xilma-xil va katta 
e’tiborga ega bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, ajdodlarimiz mehmonni 
“Xush kelibsiz, kuningiz xayrli bo‘lsin!”
deb, orziqib kutilgan mehmon bilan 
salomlashganda 
“Ko‘zingiz quyoshdek nurli bo‘lsin”
,
shoh, xon va amaldorlar 
bilan salomlashganda 
“Huzuringizga ta’zim bajo ayladim!”, “Martabangiz 
yanada ulug‘ bo‘lsin!”
kabi iboralarni qo‘llashgan. Shuning uchun ta’kidlash 
joizki, salomlashish xalqimiz hayotining turli davrlari uchun urf bo‘lgan me’yor 
va vositalar bayoni mufassal bir tadqiqot manbai bo‘lmog‘i lozim. Tabiiyki, 
salomlashish tarkibiy qismlarining xilma-xilligi tizim mohiyatiga – strukturasi va 
elementlari orasidagi barqaror munosabatlarga – deyarli ta’sir etmaydi – 
salomlashish tizim sifatida, sistema qonuniyatlariga ko‘ra, barcha davrlar uchun 
umumiy mohiyatini saqlab qoladi – uni tashkil etuvchi elementlarning shakli va 
mazmuni o‘zgarishi mumkin, xolos.
56
Формановская Н.И. Речевой этикет и культура общения.–М.: Высшая школа, 1989. – С.8-10; Гольдин 
Е.Е. Обращение: теоретические проблемы.–Саратов: Изд-во Саратовского ун-та, 1987.– 128 с; Акишина 
Н.А. Русский речевой этикет. – М.:Русский язык, 1975.
57
Xolmurodova F. Salomlashish madaniyati // Muloqot, 1987. – B. 34. 


 116 
Salomlashish odobi haqida gap borganda “Qaysi holatlarda salom 
berilmaydi?» deganda verbal, fonetik (tovush bilan) salom berish man qilingan 
holatlar sanab o‘tildi. Lekin bu holat salomlashish pragmatik tizimining qolgan 
tarkibiy qismlariga aloqador emas. Masalan, Qur’on tilovat qilinayotgan/amri 
ma’ruf bo‘layotgan/ma’ruza o‘qilayotgan (ya’ni baland ovoz bilan salom berish 
maqbul ko‘rilmagan sharoitdagi) xonaga kechikib kelgan kishining baland ovoz 
bilan “
Assalomu alaykum
” deyishi odobsizlik, lekin xonaga kirayotganda u 
estetik salomlashish o‘zbekona odatining boshqa tarkibiy qismlarini odob 
yuzasidan amalga oshirishi shart va zarur – xonaga kirayotganda qo‘lini ko‘ksiga 
qo‘yib, boshini egib, jamoaga yengil ta’zim bajo qilib, bo‘sh joyga o‘tirib 
tinglovchilarga qo‘shilishi kerak. 
Shuning uchun tizimi tarkibiy qismlaridan qay birining muayyan bir 
sharoitda ahamiyatliligi ma’lum vaziyat bilan belgilanadi. Oddiy suhbat- gurung 
bo‘layotgan xonaga verbal, fonetik “
Assalomu alaykum
”siz kirish qanchalik 
xunuk va odobsizlik bo‘lsa, jamoa diqqat bilan tinglayotgan xonaga verbal, 
fonetik salomlashish bilan kirish shunchalik xunuk va odobsizlikdir. 
“Salom”
so‘zining o‘zi bir necha mazmun kasb etishini E. Qilichev o‘zining 
“Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” kitobida quyidagicha bergan: 
Salom
! – “Keling” 
Salom
! – “Xo‘sh, xizmat” 
Salom
?! – “Yana keldingmi?” 
Salo-o-o-m
! – “Juda vaqtida kelding” 
Salom
!!! – “Gap tamom” 
Salom
! – “Ha, ishing tushdimi?” 
Salom
! – “Bir past kutib turing” 
Salom
! – “Vaqtim yo‘q, ketaver” 
Sa-
lom
! – “Mana ishim bitdi, gapir endi”.
58
O‘zbek formal tilshunosligi yutuqlari asosida bu yerda zarurat – 
munosabatlarni o‘rganish uchun zamin, tayanch material sifatida – berilgan 
yuzaki bayondan ko‘rinib turibdiki, situativ-pragmatik vaziyat ([SPS])ning 
lisoniy mimik noverbal vositalari ham ulkan rang-baranglikka ega va verbal 
lisoniy birliklarga, odatda, hamroh bo‘lib, ularning ifodaviyligini kuchaytirib, 
ta’kidlab, “bezab” keladi. Lekin zarur o‘rinlarda – sharoit imkoniyati yoki 
taqozosiga ko‘ra, noverbal vositalar verbal vositalarni almashtirishi, adresat yoki 
kommunikasiya ishtirokchilariga adresant yetkazishi zarur bo‘lgan axborotni 
noverbal usul bilan to‘laqonli, ta’sirchan uzatishi va u samarali bo‘lishi mumkin. 
58
Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2002. – B. 15. 


 117 
Nutqiy muloqotning ichki omillari ham, tashqi omillari ham hatto nisbatan 
qisqa bir davr uchun mutlaq, o‘zgarmas emas – ular davr bilan o‘zgarib, 
me’yoriylik (ijobiy~salbiy sifatida baholash mezonlarini yangilab) turadi. 
Udumda “an’anaviylikka sadoqat” fetishistik omil istagan turdagi yangilikka 
salbiy munosabatda bo‘lganligi buning asosi bo‘lsa, insoniyatda azaliy va abadiy 
bo‘lgan “otalar va bolalar” muammosi – uning farzandi, mahsulidir. Masalan, 
bundan 100 yil avval tanish erkakning qon-qarindosh bo‘lmagan tanish ayol bilan 
qo‘l berib ko‘rishisha olishi o‘zbekning xayoliga ham kelmas edi. Hozir atigi 
“xunuk” ko‘ringan, qarindosh bo‘lmasa ham, yaqin (sinfdosh, kursdosh, 
kasbdosh) begona erkak va ayollarning o‘pishib ko‘rishishlari ham, yoki 
yoshlarning qomatlari va ko‘kslarini oldinga chiqarib, qo‘llarini baland ko‘tarib 
salomlashishlari ham odat, yillar o‘tib “me’yor” tusini oldi. Axir, Ayniy 
“Doxunda” 
va 
“Esdaliklar”asarida 
guvohlik 
berishicha, 
Buxoroda
1915-1920-yillarda yaktak emas, yevropacha kamzul kiyib, chilim emas, papiros 
chekkanlar “jadid” sifatida rasman qatl qilingan edi. 
Tarix uchun nisbatan qisqa bo‘lgan keyingi 80 yillarda o‘zbek milliy kiyimi 
kamida uch-to‘rt marta tubdan yangilandi. Bugungi kunda 20-yillar uchun me’yor 
bo‘lgan 
qiz-juvonlar 
va 
ayollar 
milliy 
kiyim-kechagini 
hozir 
faqat 
muzeylardagina ko‘rish mumkin. O‘tgan asrning 30-yillarida qiz-juvonlar uchun 
kostyum-yubka, erkaklar uchun kostyum-shim milliy bo‘lmagan, o‘ta rasmiy 
ovrupoviy va, asosan, rasmiy-marosimiy yoki rasmiy ish kiyimi mavqeida bo‘lsa, 
o‘sha asrning 60-yillariga kelib, bunday kiyinish odatiy, aytish mumkinki, 
milliylashgan, o‘zlashgan o‘z kiyimiga aylandi. Bundan yigirma yilcha oldin 
milliy bo‘lmagan, hatto vulgar ovrupoviy kiyinish sanalgan qiz-juvonlar uchun 
shim bugun o‘zbek qiz-juvonlarining odatiy, aytish mumkinki, milliylashgan ish 
kiyimiga aylandi. Bugungi kunda, hatto sof milliy mato – atlas, xonatlas va har 
xil zardo‘zi matolardan shunday zamonaviy milliylashtirilgan bichim va 
rusumlarda tashqi kiyim-boshlar amalda qo‘llanilmoqdaki, ularni sof milliy ham, 
tub ovrupoviy deb bo‘lmaydi. 
Bunday tarixiy o‘zgarishlar nafaqat kiyim-kechakda, balki nolisoniy 
noverbal vositalar sirasida ham sodir bo‘lmoqda. Masalan, o‘tgan asr boshlarida 
o‘zbeklar uchun bir qo‘l bilan – o‘ng qo‘llar kaftlarini yopishtirib, qo‘lni qisib 
salomlashish odati mutlaqo yo‘q edi. O‘sha davrda o‘zbekona qo‘l berib 
ko‘rishish, asosan, teng saviyali va darajali kommunikantlar orasida, shunda ham 
rasmiyatchilik
59
munosabatlari saqlangan holda odatiy salom-alikdan keyin 
59
Yaqin munosabatdagilar quchoqlashib,aytib o‘tganimizdek, bir-birlarini yelka va ko‘kraklarini yengil 
silashardi. 


 118 
mumkin edi. Shunda ham yuksakroq martabali kimsa qo‘llarini ko‘ksidan olib 
suhbatlashishga ikki qo‘li kaftini bir-biriga qaratib uzatsa, suhbatdosh egilib, 
uzatilgan qo‘llardan o‘ngini ikki kafti orqasiga ilib ziyoratsimon harakat qilar edi. 
Oddiygina o‘ng qo‘llar kaftlarini juftlab, qo‘lni qisib qo‘yish odati bizga o‘tgan 
asrning 30-yillaridan rus odati sifatida kirib keldi va bugungi kunda rasmiy 
ko‘rishish odatiga aylandi. 
Xuddi shunday yig‘in va izdihomlarda savol berish yoki ilova qilish ramzi 
bo‘lgan mumtoziy yengilgina yo‘talib qo‘yish (tomoq qirish) bugun o‘ng qo‘lni 
ko‘tarish bilan almashtirildi.


 119 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin