Book · January 022 citations reads 484 author


Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidan



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidan 
 
Ayollar o‘ynay berdi-o‘ynay berdi. Oxir-oqibat, holdan toydi. Ilik uzildi 
vaqti-da! Shunda, Xursandoy otli polvonqomat bir ayol davra kirdi. Ayollarni 
bitta-bittadan o‘yinga tortdi. O‘zini ketiga tashlovchi ayollarni qo‘ltig‘idan dast 
ko‘tarib davra olib keldi. Xursandoy qaysiki ayolni davra olib kelsa, o‘sha ayol 
bilan qo‘shilib-qo‘shilib o‘ynadi. Horishcharchash nimaligni bilmadi. Xursandoy 
uch yasharligida otadan sag‘ir qoldi. Onasi boshqa er qildi. Xursandoy o‘gay ota 
qo‘lida katta bo‘ldi. Shu bois, suyagi mehnatda qotdi. Oqibat, polvonsuyak 
bo‘ldi! Qimmat momo o‘yladi-o‘yladi, ana shu gapni topdi! – Bo‘y-bastini 
qarang... Ming qilsayam... ikki erkakning zurriyodi-da... – deya sasidi. Buni 
eshitmish Xursandoy fe’li aynidi. Ko‘nglidagi sayil xushvaqtligi, sayil xurramligi 
xufton bo‘ldi. Qimmat momoga olayib-olayib qaradi. Ammo yomon gapirmadi. 
O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir! Navro‘zda yomon gapirib bo‘lmaydi! 
Navro‘z haminqadar shod-xurramlikda o‘tsa, haminqadar xush-xushvaqtlikda 
kechsa... Yer-u falak-da haminqadar saxiy bo‘ladi! Osmon-u falakdan mo‘l-ko‘l 
yomg‘ir yog‘adi! Yer-u zamin-da bo‘liq-bo‘liq hosil beradi! El-yurt kelajak 
Navro‘zgacha xush-xushvaqtlikda kun ko‘radi, rohat-farog‘atda kun ko‘radi! 
Xursandoy davraga ko‘z soldi-ko‘z soldi, ayollar orasida mung‘ayib o‘tirmish 
Oymomoni ko‘rib qoldi. Oymomoni davra yetaklab keldi. Oymomo o‘zini 
keyiniga tashladi. – Men o‘yinni bilmayman! – deya zorlandi. – Nima, biz o‘yinni 
bilamizmi? – dedi Xursandoy. – “Bahor” ansamblida o‘ynab kelib edikmi? 
Oymomo ro‘moli uchlarini yelvagay qildi. Barmoqlarini lablari bilan namladi. 
Oymomo nozlanib-nozlanib o‘ynadi. Barmoqlarini qirsillatib-qirsillatib o‘ynadi. 
Shunday xushro‘y o‘ynadi-shunday xushro‘y o‘ynadi! Davra jo‘shdi, davra:
– Kishtala-kish, kishtala-kish, kishtala-kish! – deya chapak chaldi. Qimmat 
momo Oymomo o‘yiniga qaradi-qaradi-da, o‘zicha bosh irg‘adi. – Shunday 
xushro‘y ayol tirnoqqa zor-a, tirnoqqa-ya! – dedi. – Unday demang-ye, – dedi bir 
momo. – Kuyganimdan gapiraman-da, Sora momo, kuyganimdan! – dedi Qimmat 
momo. – Bo‘lam-da, ming qilsayam, bo‘laginam-da! – Bo‘langiz bo‘lsa-da, 
demang! Qimmat momo darrov gapni burdi. Birdan... hiring-hiring kuldi. – 
Hazil-da, Sora momo, hazil-da. Hazil gapniyam bilmaysizmi! – dedi. Qimmat 
momo o‘xshatib-o‘xshatib vovaylo qildi: – Uf-f-f! – dedi. – Xudo itga bergan 
tirnoqni, bitga bergan tirnoqni nima qilardi deng, shu bo‘laginamgayam bersa! 
Yer yorilmadi, Oymomo yerga kirib ketmadi! Boshi uzra o‘ynatmish qo‘llarini 
ohista-ohista tushirdi. Kaftlari bilan yuzlarnii bekitabekita, davradan chiqib 


 136 
jo‘nadi. Navro‘zlari zahar-zaqqum bo‘ldi! Navro‘zlari burnidan buloq bo‘ldi! Ufq 
qorayib-qorayib keldi. Qop-qora bulutlar ko‘pirib-ko‘pirib toshdi. Bulutlar 
toshib-toshib keldi, bulutlar yoyilib-yoyilib keldi. – Ana, kelayapti, ana, – dedi el. 
Kelajak Muqaddas Buqa bo‘ldimikin? Ko‘pirib toshmish qop-qora bulutlar 
Muqaddas Buqa aravasi g‘ildiraklari ostidan o‘rlayaptimikin? Qop-qora ufq 
guldur-guldur etdi, qop-qora ufq gumbur-gumbur etdi. – Keldi, ketdik, keldi! – 
dedi el. Guldur-guldur etmish Muqaddas Buqa aravasimikin? Muqaddas Buqa 
aravasini taraqlatibtaraqlatib haydab kelayaptimikin? Qop-qora ufq yarq-yurq 
etdi, qop-qora ufq yalt-yalt etdi. Muqaddas Buqa aravasi g‘ildiraklari tog‘-
toshlarga urilib-urilib, chaqin chaqyaptimikin? Yo Muqaddas Buqa kumush 
tuyoqlari chaqir toshlarga tegib-tegib, o‘t chaqnayaptimikin? – Hozir yomg‘ir 
yog‘adi! – dedi el. Qop-qora bulutlar ichra oppoq bir nima bir yo‘qoldi-bir 
ko‘rindi. Muqaddas Buqa aravasida ortib 
yurmish oy qalqib-qalqib 
kelayaptimikin? El-xalq uy-uyiga tarqaldi. Navro‘zchilar ko‘ngli ko‘klam bo‘ldi. 
Oymomo ko‘ngli... hamon qish bo‘ldi! 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin