Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

PATRIK GENRYNING NUTQI 
VIRJINIA DELEGATLARI YIG‘ILISHIDAN AVVAL
Deyl Karnegining “Ommaviy nutq san’ati” asaridan 
 
Janob Prezident, umid haqidagi puch xayollar kishini o‘ziga maftun etishi 
tabiiy hol. Biz og‘riqli haqiqatni ko‘rganda ko‘z yumishga o‘rganib qoldik va 
sirenaning kuyini to u bizni mahluqlarga aylantirguniga qadar tinglashda davom 
etdik. Ozodlik uchun buyuk va og‘ir kurashga shaylangan dono kishilarning 
qismati shumi? Nima, dunyoni qutqarishga urinayotgan bizdaylar ko‘zlari bo‘la 
turib ko‘rmasdan, quloqlari kar bo‘lmay turib eshitmasdan o‘tib ketaveradiganlar 
qatorida turishimiz kerakmi? Garchi qiynoqlarga solinish evaziga bunga 
yetishisahimga to‘g‘ri kelsada, men butun haqiqatni to‘liqligicha bilishni, hatto 
eng yomonlarini ham bilishni va ularni ko‘z oldimda gavdalantirishni istayman. 
Hozir mening oyoqlarimni o‘z ortidan ergashtirayotgan faqat bittagina nur 
bor, u ham bo‘lsa tajriba nuridir. Men o‘tmishga qarab kelajakni xulosa qilishning 
hech bir yo‘lini bilmayman. Shu o‘rinda men o‘tmishga qarab fikr yuritish oxirgi 
o‘n yil davomida Britaniya boshqaruviga yoki Britaniya hukumatidan ozodlik 
so‘rab shunga umid qilib yurganlarga nima yengillik berganini bilishni istardim. 
Bizning ozodlik so‘rab murojaaat qilganimiz haqidagi arznomani qabul qilib 
ayyorlarcha jilmayib qo‘yishmi – bu? Ishoning, Janob, bu sizni oyog‘ingizdan 


 133 
chalishdir, undan boshqa narsa emas. Aldamchi bo‘salarga ishonganlar kabi o‘z 
joningizni azobga qo‘ymang. Bir o‘zingizdan so‘rab ko‘ringchi, bizning 
suvlarimizni loyqalab butun diyorimizni zulmatga aylantirayotgan urushga 
tayyorgarlik harakatlari to‘g‘risidagi bu kamtaringina arznomamiz qanday qarshi 
olinarkan. Muammoni tinch yo‘l bilan hal etish uchun dengiz flotlari va 
harbiylarning keragi bo‘larmikan? Nahotki, biz o‘zimizni shunchalik tinch 
kelishuvga norozidek ko‘rsatgan bo‘lsak? Nahotki, bizni rozi qilish uchun harbiy 
kuch chaqirib olishga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa? Janob, keling ortiq o‘zimizni 
aldamaylik. Bularning barchasi qirolning oxirgi muzokaralardan so‘ng urush 
qilish va bo‘ysundirish uchun harbiy kuchlarni yanada rivojlantirish maqsadida 
qilayotgan harakatlaridir. 
Hozir men shu yerdagi jentlmenlardan agar bizni o‘zaro birlashishga chorlay 
olmasa harbiy intizomning nima keragi borligini so‘ramoqchiman. Buni qanday 
izohlash mumkin? Dunyoning bu chekkasida Buyuk Britaniyaning qo‘shin 
to‘plashiga yoki harbiy flot tuzishiga ehtiyoj tug‘diradigan hech bir dushmani 
bormi? Yo‘q janob, uning bu yerda hech qanday dushmani yo‘q. Bu flot boshqa 
biron bir maqsad uchun emas balki aynan bizlarni ushlab turish uchun tashkil 
qilingan. Angliya hukumati juda uzoqni ko‘zlab bizning birlashmasligimiz, o‘z 
kuchlarimizni bir joyga yig‘masligimiz uchun ularni bu yerga jo‘natgan. 
Shuningdek ,axir nimaga ham bizning ularga qarshi isyon ko‘tarishimizga to‘g‘ri 
kelsin? Aqalli biror marta ular bilan bahslashishga harakat qilib ko‘rganmizmi 
o‘zi? Janob, biz bunga oxirgi o‘tgan o‘n yil davomida harakat qilib kelyapmiz. 
Ammo bu muammoni hal etish uchun birontamiz biror yangilik taklif qila 
oldikmi? Hech narsa taklif qilolmadik. Biz vaziyatni qo‘limizdan kelgunga qadar 
yengillashtirishga harakat qildik, ammo bu harakatlarning barchasi behuda edi. 
Nima endi biz ularning poyiga yiqilib iltijo qilishimiz kerakmi? Shuncha vaqtdan 
buyon shunday qilib charchamadik, ammo bundan nima topdik? Sizdan o‘tinib 
so‘rayman, Janob, bizga bundan buyon o‘zimizni aldamay yashashimizga izn 
bering. Janob, biz hozir ustimizga yopirilib kelayotgan dovulni qaytarish uchun 
qilinishi kerak bo‘lgan hamma narsani qildik. Biz iltimos qilib so‘radik, biz 
norozilik bildirdik, biz yalinib yolvordik, biz qirol hukumati ostiga o‘zimizni 
tashlab undan Vazirlik va Parlamentning zulmkor qo‘llaridan bizni xalos etishini 
so‘rab o‘tindik. Bizning iltimoslarimiz pisand ham qilinmadi, bizning 
noroziligimiz yanada kuchliroq bosim va tahqirlashlarni olib keldi, bizning 
o‘tinishlarimiz nazarga ham ilinmadi va biz taxtning oyoqlari ostida nazar-pisand 
etilmay, toptalib qolaverdik. Shuncha behuda narsalardan keyin ham biz tinchlik 
umidida hammasiga ko‘naverib yashay olarmikanmiz? Ortiq bizning qalbimizda 
umid uchun joy qolmadi. Agar biz erkin bo‘lishni istaymiz, agar biz bir necha 
yillardan beri erishish uchun kurashib kelayotgan bebaho huquqlar uzoq muddat 


 134 
saqlanishini xohlaymiz, agar biz bir necha yillardan buyon bizni o‘ziga chorlab 
kelayotgan sharafli kurashlardan qochmaymiz, to g‘alabaga erishgunga qadar bu 
ishga o‘zimizni bag‘ishlaymiz desak, unda biz jang qilishimiz kerak. Yana bir 
bora qaytaraman janob, biz jang qilishimiz kerak! Bu yo‘lda qo‘llarimizdagi 
qurollarni va urush xudosini bunga dalil qilib ko‘rsatish, bizdan qoladigan yagona 
narsa shudir. 
Janob, ular bizga o‘zimizning kuchsiz ekanligimizni aytadi – bunday 
shiddatli raqibga bas kela olmasligimizni uqtiradi! Ammo biz qachon kuchliroq 
bo‘lamiz? Kelasi haftami yoki kelasi yilmi? Yoki bu bizlar butunlay 
qurolsizlantirilganimizda va Britaniya qo‘shini har bir ko‘cha hovlilarimizni 
o‘zining harbiy bazasiga aylantirganda yuz beradimi? Biz kuchlarimizni 
o‘zimizga ishonqiramay, pala-partishlik bilan bir joyga yig‘ishimiz kerakmi? 
Yoki to dushmanlarimiz kelib oyoq-qo‘llarimizni bo‘g‘lab olib ketgunga qadar, 
qarshi kurashishga kuchimiz bo‘la turib, hech narsa qilmasdan umidning soxta 
ko‘lankasiga burkanib yotaveraylikmi? Janob, agar biz ona tabiat bizga in’om 
etgan kuchni to‘g‘ri ishlata olsak, biz kuchsiz bo‘lmaymiz. Buyuk ozodlik uchun 
kurashga chog‘lanib qo‘liga qurol ushlagan uch millionlab xalqni bu zaminda 
dushmanlarimiz bizga qarshi kurashish uchun yuborgan hech qanday qo‘shin 
mag‘lub eta olmaydi. Bundan tashqari, janob, biz jang maydonlarida yolg‘iz 
o‘zimiz jang qilmaymiz. Butun xalqning taqdiri uchun boshqaruvni o‘z qo‘liga 
olishga shay dovyuraklar, jang maydonlarida biz uchun kurash olib borishga 
tayyor do‘stlarimiz talaygina. Janob, urush yolg‘iz o‘zi kuchli bo‘lganlar uchun 
emas, urush – sergaklar, charchash nimaligini bilmaydiganlar, dovyuraklar 
uchundir. Shuningdek, Janob, hozir bizda tanlash imkoni yo‘q. Garchi biz buni 
juda xohlagan taqdirimizda ham endi jang qilishdan qochishga juda kech bo‘ldi. 
Endi yana qulday bo‘ysunib yashash uchun orqaga yo‘l yo‘q. Chunki bizning 
kuchlarimiz zanjiri allaqachon bir-biriga ulandi. Uning gumburlashi Boston 
kengliklarini larzaga solmoqda. Urush muqarrar; va agar shuday bo‘lsa mayli 
bo‘la qolsin! Men qaytarib aytaman , Janob, mayli urush bo‘la qolsin! Bunday 
holatda vaziyatni yumshatishga urinishning o‘zi asossizdir. Kishilar “Tinchlik, 
tinchlik” deb hayqirishadi, biroq tinchlik emas! To‘g‘risini aytganda, urush 
allaqachon 
boshlangan! 
Shimoldan 
yopirib 
kelayotgan 
keyingi 
dovul 
quloqlarimiz ostida avtomatlar gumburlashiga sabab bo‘ladi! Bizning yor-u 
birodarlarimiz allaqachon urush maydonlarida jang qilmoqda! Shunday ekan 
nimaga biz bu yerda vaqtimizni behuda sarflab o‘tiribmiz ? Bu insonlar istagan 
narsa o‘zi nima? Ular nimani xohlagan bo‘lardi? Hayot shunchalik qadrlimi, yoki 
qul bo‘lish evaziga erishilgan tinchlik shunchalik totlimi? Ey yaratgan Egam 
bunga o‘zing barham ber. Men boshqalar bu ikkisidan qaysi birini ma’qul 


 135 
ko‘rishini bilmayman; lekin shaxsan men uchun yo ozodlik beringlar, yo 
o‘ldiringlar. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin