3.3. Chegaralangan oraliqda harakatlanganda
uchraydigan xavfli holatlar
«Yo‘l-transport hodisalari ekspertizasi» fanida «xavfli holat»
deb shunday vaziyatga aytiladiki, bu vaziyat vujudga kelganda
haydovchi o‘zidagi va transport vositasidagi barcha imkoniyatlarni
ishga solib, yo‘l-transport hodisasining oldini olishga texnik imko-
niyat mavjud bo‘ladi.
Chegaralangan oraliqda harakatlanganda uchraydigan xavfli
holatlarning barchasi haydovchi yo‘l qo‘ygan xatoliklar oqibatida
vujudga keladi. Bunday xatoliklarga quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
1. Xavfsizlik oralig‘ining noto‘g‘ri saqlashi.
2. Avtomobilning dinamik gabarit uzunligi va dinamik gabarit
yo‘lagini to‘g‘ri aniqlay olmaslik.
3. Manyovr haqida boshqa harakat qatnashchilarini o‘z vaqtida
ogohlantirmaslik.
4. Erta yoki kechikib rul g‘ildiragini burish.
5. Manyovr uchun noto‘g‘ri usulni qo‘llash va hokazo.
Haydovchining yo‘l qo‘ygan bu xatolari quyidagi salbiy oqibat-
larga olib kelishi mumkin:
1. Oldinda ketayotgan avtomobil shoshilinch tormoz berganida u
bilan to‘qnashib ketishi.
2. Orqaga ketayotgan avtomobil bilan to‘qnashib ketishi.
3. Manyovr paytida boshqa obyektlar bilan to‘qnashib ketishi.
4. Boshqa transport vositalarining harakatini to‘xtatib qo‘yishi
va boshqalar.
23
IV. AVTOMOBILDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
4.1. Avtomobilning konstruktiv xavfsizligi
haqida tushuncha
Avtomobilning konstruktiv xavfsizligi deganda, uni ishla tish
jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar yetkazmas-
lik va yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini, og‘irligini yumsha-
tishga aytiladi.
Bu xususiyat juda murakkab bo‘lib, avtomobildan foydalanish-
ning boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq. Konstruktiv xavfsizlik
aktiv, passiv, avariyadan keyingi va ekologik xavfsizliklarga
bo‘linadi.
Aktiv xavfsizlik deb, transport vositasidagi yo‘l-transport
hodisasining (YTH) vujudga kelish ehtimolini kamaytirish
xususiyatiga aytiladi. Bu xususiyatlarga tortish-tezlik, tormozlash
xususiyatlari, turg‘unlik, boshqariluvchanlik, buriluvchanlik,
informativlik, tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi, manyovrchanlik
va boshqalar kiradi.
Tortish-tezlik xususiyatlari deb, turli ekspluatatsiya sharoitlarida
transport vositasining tezlanish intensivligi va tezlik diapazonining
o‘zgarishi ta’minlanishiga aytiladi. Avtotransport vositalarining
tortish-tezlik xususiyatlari quyi dagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
–
qattiq qoplamali tekis gorizontal to‘g‘ri yo‘l qismidagi
maksimal tezligi;
– berilgan tezlikka erishish vaqti;
– to‘xtashgacha o‘z inersiyasi bilan yurgan yo‘li;
– turli uzatmalardagi tezlanish xarakteristikasi;
– bo‘ylama profilli o‘zgaruvchan yo‘llarda tezlik xarakteris tikasi;
– transport vositasining eng pastki uzatmada doimiy tezlik bilan
harakatlanadigan balandlikning eng katta miqdori.
24
Tortish-tezlik xususiyatlari dvigatel va transmissiya xarakteris-
tikasi, massasi (og‘irlik markazining joylashuvi), aerodinamik
xarakteristikasining g‘ildiraklar o‘lchami avtomobilning g‘ildirash-
ga qarshiligi bilan o‘lchanadi.
Tormozlash xususiyatlari kerakli intensivlikdagi sekinlashishni
amal ga oshirish va transport vositasini nishablikda to‘xtatib turish
bilan aniqlanadi.
Xalqaro amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan, transport vositasi
quyidagi tormoz tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
Ishchi
–
barcha sharoitlarda foydalanish uchun tezlikni
pasaytirishga mo‘ljallangan.
Ehtiyot – ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda, uning vazifa sini
bajarish uchun mo‘ljallangan.
To‘xtab turish – transport vositasini qo‘zg‘almas holatda tutish
uchun mo‘ljallangan.
Qo‘shimcha – nishablikda transport vositasi tezligini doimiy tutib
turish uchun mo‘ljallangan.
Avtomobilni tormozlash xususiyatlari sekinlashuv, tormozlash
jarayonida sarflanadigan vaqt, tormoz yo‘li bilan baholanadi.
Avtomobilning turg‘unligi – bu surilish va ag‘darilishga qarshilik
ko‘rsata olish xususiyati.
Avtomobilning boshqariluvchanligi
–
bu haydovchi bergan
harakat yo‘nalishini saqlash yoki o‘zgartirishda eng kam jismoniy
va ruhiy energiya sarflash xususiyatidir.
Stabilizatsiya deb, boshqariladigan g‘ildiraklarga tashqi kuch
ta’siri tugaganda, to‘g‘ri chiziqli harakat yo‘nalishiga mos keladigan
neytral holatini saqlash yoki tiklash xususiyatiga aytiladi.
Informativlik – bu boshqariladigan transport vositasida harakat-
lanish jarayonining harakat qatnashchilari va transport vositalari
haqidagi axborot bilan ta’minlash xususiyati.
Tovushli ishora – transport vositasi haydovchini kerakli tovushli
axborot bilan ta’minlash xususiyatiga ega.
Yorug‘lik ishorasi
–
transport vositasini boshqa transport
vositalariga nisbatan, yo‘ldagi holatini belgilaydigan axborotni
beruvchi qurilma bo‘lib, ko‘rinuvchanlik esa, ish o‘rnida
haydovchiga yo‘l-transport vaziyatining geometrik ko‘rinishlarini
ta’minlaydi. Ko‘rinuvchanlik oynalar o‘lchami, kuzov tirgaklari
25
kengligi va joylashuvi, haydovchining ularga nisbatan joylashuvi,
oyna tozalagich o‘lchamlari, oyna yuvgich konstruksiyasi, isitish
tizimi va oynaga havo puflagichning joylashganligi va orqani
ko‘rsatuvchi ko‘zgu o‘lchamlari bilan belgilanadi.
Manyovrchanlik – transport vositasining eng kichik maydon cha-
da gorizontal tekislikda harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartira olish
qobiliyati.
Passiv xavfsizlik
–
bu avtomobilning yo‘l-transport hodisasi
oqibatlari og‘irligini yumshatishni ta’minlash xususiyati. Piyodalar,
yo‘lovchilar, haydovchi jarohatlanishining oldini oladigan yoki
oqibatlarini yumshatadigan xavfsiz avtomobil kons
truksiyasini
yaratish bilan passiv xavfsizlikka erishiladi.
Passiv xavfsizlik tashqi va ichkiga bo‘linadi. Tashqi passiv
xavfsizlik talablari insonlarga tan jarohati yetkazish ehtimolini
oldini olishga qaratilgan. Bunga chiroqlar, ko‘zgular, eshik dastalari
kiradi. Ichki passiv xavfsizlikka esa, kabina ichida jarohat yetkazish
mumkin bo‘lgan detallarning bo‘lmasligi talablari kiradi.
Ichki passiv xavfsizlikni ta’minlashga uncha qimmat turmay-
digan va oddiy hisoblangan xavfsizlik tasmalaridan foydalaniladi.
Ular ko‘p hollarda haydovchi va yo‘lovchilar hayotini YTH sodir
etilganda asrab qoladi.
Shuningdek, bolalarning maxsus o‘rindiqlari, peshoynalarning
yangi konstruksiyalaridan foydalanish, avtomobil asosini, eshik
va yon tirgaklarni kuchaytirish, salon ashyolarining elas tiklik va
zichligini oshirish samarali tadbirlar hisoblanadi.
Avariyadan keyingi xavfsizlik – YTHda odamlarni tezlik bilan
transport vositasidan chiqarib olish va xavfsiz joyga ko‘chirish
hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ta’minlanishi
bilan belgilanadi. Avtomobil konstruksiyasida eshik qulflarining
blokirovka qilinishi, evakuatsiya qilish qurilmasi, o‘t o‘chirish,
yonilg‘i bakiga avtomatik ravishda yonishni susaytiradigan
moddani purkash, elektr simlarining mahkamlanishi, ularning
korro ziyaga chidamliligi, salonni qoplash ashyolari va zararli gazlar
ajralmasligini ta’minlash kerak.
Ekologik xavfsizlik
–
transport vositasining atrof-muhitga
va odamlar sog‘lig‘iga minimal zarar yetkazish xususiyati.
Avtomobil atmosferaga zararli modda chiqaradigan manbalarning
26
asosiylaridan biridir. U 15 ming km yo‘l yurganda o‘zidan 3250 kg
karbonat angidrid gazi, 500 kg karbon oksidi gazi, 100 kg zararli
uglevodorodlar va 30 kg ga yaqin azot oksidi ajratib chiqaradi.
Avtomobillar ishlab chiqaradigan gazlar tarkibidagi zararli
moddalar tegishli davlat standartlari bilan cheklab qo‘yilgan.
Ekologik xavfsizlik avtomobilning tashqi shovqini bilan
xarakterlanadi, u davlat standartiga asosan 80 – 85 – dB dan oshmas-
ligi kerak. Shovqinni pasaytirish maqsadida ishlatilgan gazlarni
chiqarish tizimida qo‘shimcha ovoz so‘ndirgich qo‘llaniladi,
tovush li ishoralarni aholi yashash joylarida qo‘llash taqiqlangan.
(Istisno tariqasida YTHning oldini olish uchun tovushli ishoradan
foydalanishga ruxsat etiladi.)
Ekologik xavfsizlik transport vositasining konstruksiya siga va
qo‘llaniladigan yonilg‘i turiga bog‘liq.
Ekologik muammo avtomobillashtirish va undan kelib chiqa-
digan zararli oqibatlar bilan bog‘liq. Bular orasida eng ko‘p
sezilarlisi – atrof-muhitni dvigatelda ishlatilgan gazlar bilan ifloslan-
tirishdan iborat.
Havo tarkibining sifati, zararli moddalar aralashmasining yo‘l
qo‘yiladigan me’yori bilan belgilanadi. Yo‘l qo‘yiladigan me’yor
esa, tibbiy biologik va ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlar asosida inson
salomatligini saqlash nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi.
Zararli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan me’yori insonni bu
muhitda faoliyat ko‘rsata olishini hisobga olgan holda belgilanadi.
Avtomobil dvigatellarining ishlab chiqargan gazlar tarkibi
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |