28
Qurum (C)
– nafas yo‘llarini ifloslaydi, o‘pka kasalligini
paydo qiladi. Konserogenlar tirik to‘qimalarga o‘tirib olib, zararli
o‘smalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin
(Pb)
– atmosferadan odam organizmiga o‘tib, qon
tarkibidagi gemoglobinni kamaytiradi va eritrotsitlarni yemiradi.
Qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish alomatlari: bosh og‘riydi, bosh aylanadi,
tezda jahl chiqadi, tez charchash, uyquning yomonligi bilan seziladi.
Ayniqsa, qo‘rg‘oshinning ta’siri yosh bolalar uchun katta. Qo‘rg‘oshin
organizmdan chiqib ketmaydi. Yig‘ilaverib juda xavfli konsentratsiyani
hosil qilishi mumkin. U organizmga havo yo‘li va teri orqali o‘tadi.
Dvigatellarni takomillashtirish, gaz yonilg‘ilarini qo‘llash – havoni
ifloslantirishdan saqlashning hozirgi kundagi asosiy yo‘li hisoblanadi.
Bundan tashqari, ishlatilgan gazlar tarkibidagi zararli mod-
dalarni neytralizatsiya (zararsizlantirish) qilish, texnik xizmat ko‘r-
satish sifatini yaxshilash sohasida ham ishlar amalga oshirilmoqda.
Zararli moddalarni atmosferaga chiqarish me’yorlari, karburatorli
dvigatellar ishlab chiqaradigan gazlar tarkibidagi uglerod oksidi
miqdori quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidan oshmasligi kerak.
Karburatorli dvigatellar ishlab chiqargan gazlar tarkibidagi
uglerod oksidi va uglevodorodlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.
Tirsakli valning
Dostları ilə paylaş: