Sahifa: 199 Mavlono Lutfiy lirikasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#186615
1   2   3   4   5   6   7   8
199-206

www.pedagoglar.uz
 
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 206 
insoniy munosabatlarni ichki bir iftixor bilan tilga oladi. Navoiy Lutfiydan 
nazmiyatning sir-sinoatlari bobida ko‘p narsa o‘rgandi. Ustoz she’riyatiga bo‘lgan 
katta e’tiqod bilan uning “Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur”, “Ko‘kdadur 
har dam fig‘onim ko‘rgali sen mohni”, “Ey soching shaydo ko‘ngullarning savodi 
a’zami” misralari bilan boshlanuvchi g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Uning 
ustozni “Ey jamoling lahzolu bebadal husnung jamil”, “Ey qading to‘biyi jannat haddi 
gulgun ustina” muqaddimasiga ega g‘azallariga musaddaslari ham mavjud. Ta’kidlash 
kerakki, Navoiy o‘zigacha va o‘ziga zamondosh bo‘lib yashagan turkiygo‘y 
shoirlardan faqat Lutfiy g‘azallarigagina muxammas va musaddaslar bog‘lagan. Lutfiy 
g‘azallariga muxammaslar bog‘lash Munis, Ogahiy, Ravnaq va Amiriy ijodlarida ham 
uchraydi. Bizga zamondosh bo‘lib yashagan Charxiyning ham shu yo‘nalishda 
muxammaslari bor. Shoir g‘azallari maqom va xalq kuylari bilan ijro etiladi.Lutfiy 
g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an’analar bilan 
xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan 
muvofiqlashtirgan. Uning g‘azallarida insoniy dard, armon, qayg‘u va shodlik tasviri 
betakror bir ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki g‘azallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a, 
fardlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning-zukko va 
hayotsevar xalq vakillarining fikr-u tuyg‘ularini tarannum etgan.Mavlono Lutfiy 1465-
yilda Hirot yaqinidagi Dehikanorda vafot etgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. —Moskva 
1963.[1] 
2.S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. — Toshkent 1965.[2] 
3.X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. — Toshkent 1948[3]. 
4.S. Erkinov, H. Muhammadxoʻjaev. Turkiyda yagonai davron. „Til va adabiyot 
taʼlimi“ jurn.-1996, № 4.[4] 
5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 16-jild. -Toshkent, 2000. 35-36-
betlar.[5] 
6. Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug'ati. Toshkent, 2010[6] 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin