www.pedagoglar.uz 44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 205
Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq
va samimiydir.Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasbu
holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha
yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-
biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh,
tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq,
qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.Yaqin-yaqingacha „Gul va
Navroʻz“ dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu
doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy sheʼriyatda
maktab yaratgan sanʼatkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq
olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon toʻra Ado, Tabibiy singari shoirlarning
devonlaridan.[2]
Lutfiy gʻazallari ilhomida bitilgan muhammaslar joy olgan.
Lutfiy sheʼriyatining taʼsiri faqat Oʻrta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan,
Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F.
Koʻprulizodaning eʼtirof etishicha, Lutfiyning sheʼrlari yolgʻiz chigʻatoy shoirlari
orasida emas, balki „Harobot“ muallifi Ziyo Poshoga qadar boʻlgan usmonli turk
shoirlari orasida ham zavq bilan oʻqilgan.
XV asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi,
„Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Lutfiydan katta adabiy meros qolmagan. Manbalarda shoirning 200 dan ortiq asar
yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo
shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“(1437) asarini Shohruh
Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.[1]
Xulosa: Lutfiy o‘z davri adabiy hayotida ustoz sifatida katta mavqega ega edi. Keksa
shoirning uyi ko‘pincha shogirdlar bilan gavjum bo‘lardi. Uning yaqin shogirdlaridan
biri Alisher Navoiy edi. Navoiy o‘z ustozi haqida gapirganda ikki o‘rtadagi yaqin