Sahifa: 199 Mavlono Lutfiy lirikasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#186615
1   2   3   4   5   6   7   8
199-206

www.pedagoglar.uz
 
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 204 
Ushbu tuyuqda uch marta goh qo‘shilib, goh alohida yozilgani holda takrorlanib 
kelayotgan “dilbandamen” so‘zi misralardagi o‘rinlariga ko‘ra uch ma’noni keltirib 
chiqarmoqda: 1) Ey, dil (ko‘ngil), men sening dastingdan qo‘l-oyog‘i bog‘lanmagan 
(bandamen); 2) Faryodim shuki, u ma’shuqa (dilband)ga qachon yetar ekanmen; 3) Ey, 
ko‘ngil (dil), sen meni vafosizlarga asir qilib qo‘yding. Bunga mening bo‘ysunib 
yurishdan boshqa ilojim yo‘q. Chunki sen menga podshohsan, men esa, senga banda – 
(qaram)dirman.Lutfiyning forsiy nazmiyatidagi mislsiz san’atkorligini keyingi asrlarda 
yashagan tazkiranavislar ham qayd etadi. Akbarshoh zamonida yashagan Abdulla 
Kobuliy o‘zining “Tazkirat ut-tavorix” asarida Lutfiy merosi haqida so‘z ochib, “dar 
forsi she’ri zebo va qasidai g‘arro dorad” (“forsiyda go‘zal she’rlari va porloq 
qasidalari bor”) deb aytadi.[3] 
Haqiqatan ham Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan 
mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning XVI-XXasrlar mobaynida 
koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular 
Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari 
va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniqlashi boʻyicha, 
Lutfiy qalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 
misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni 
alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida 
barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili 
va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning 
gʻazallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik 
tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gʻazallarida, ruboiy, tuyuq, 
qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did 
va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru 
tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh 
inonma,Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralarini oʻqiganda, ularning 
bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin