www.pedagoglar.uz 44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 201
devoni mashhur”. Shoirning forsiy tildagi asarlarini to‘plab devon tuzgani bizga
ma’lum bo‘lmasa-da, uning bu tilda ham katta mahorat bilan ijod qilganini
zamondoshlari e’tirof etgan edi.Alloma adabiy merosi orasida dostonlar alohida o‘rin
egallaydi. Shulardan biri 1411-yilga yaratilgan “Gul va Navro‘z” dostonidir. Alisher
Navoiy “Majolis un-nafois”da Lutfiyning bizgacha yetib kelmagan “Zafarnoma” deb
nomlangan dostoni to‘g‘risida ma’lumot beradi va yozadi: “Mavlononing
“Zafarnoma” tarjimasida o‘n ming baytdan ortiqroq masnaviysi bor. Bayozg‘a
yozmog‘oni uchun shuhrat tutmadi”. Tadqiqotchilar “Zafarnoma” tarjimasining
manbayi Sharafiddin Ali Yazdiyning fors tilida yaratilgan Amir Temur hayotiga oid
“Zafarnoma” asari ekanligini qayd etadi. Shunday ekan, Lutfiy o‘z davrida avlodlar
uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan bir mavzuga qo‘l urgan va Ali Yazdiyning tarix va
xotira uslubida yozilgan asarining turkiy tildagi poetik namunasini yaratgan. Professor
Y. E. Bertels shoir bu masnaviyni Firdavsiyning “Shohnoma”si uslubidagi
qahramonlik asari sifatida rejalashtirgan bo‘lishi kerak, deb aytadi. Lekin qandaydir
sabablarga ko‘ra uni oqqa ko‘chirmagan. Navoiy ham “oqqa ko‘chirmagani
(“bayozg‘a yozmog‘oni uchun”) uchun shuhrat tutmadi” deb aytadi.Manbalarda
Lutfiyning axloq-odob mavzusida “Mashqun ul-haqoyiq” nomli asar yaratgani ham
eslanadi. Xo‘tanlik Mulla Ismatullaning “Tarixi musiqiyun” asarida Lutfiyning musiqa
tarixi bilan ham shug‘ullangani, kuylar bastalagani qayd etiladi. Qariyb yuz yil umr
ko‘rgan daho shoirning ijod qamrovi ham rang-barang bo‘lgani, xususan, badiiy
adabiyot sohasida ko‘p ishlarga ulgurgani shubhasizdir.Shoirning ona tilidagi lirik
asarlaridan iborat devoni o‘z davridayoq Xuroson va Movarounnahrdan tashqari turkiy
tilda so‘zlashuvchi ko‘pgina o‘lkalarga ham kirib borgan edi. Keyin bu hudud yanada
kengayib bordi. Mavlono Lutfiy XVI–XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy
devonining 33 ta qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanbe,
Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma
fondlarida saqlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik
instituti, Qo‘lyozmalar instituti fondlarida Lutfiy devonining o‘nlab nodir nusxalari