www.pedagoglar.uz 44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 200
boshlang‘ich tahsildan keyin madrasalarda o‘z davrining dunyoviy va shariat
bilimlarini chuqur o‘rganadi. So‘ngra esa tasavvuf bobida malaka hosil qilishga
kirishadi. Bu haqda Alisher Navoiy quyidagilarni qayd etadi: “Mavlono yigitligida
ulumi zohiriyni takmil qilg‘ondin so‘ngra Mavlono Shahobiddin Xiyoboniy qoshida
so‘fiya tariqatida ham suluk qilg‘ondur”. Shahobiddin Xiyoboniy o‘z davrining ko‘zga
ko‘ringan mutasavvuf shayxlaridan bo‘lib, uning “Qur’oni Karim”ga yozgan sharhlari
ham mavjud edi. Lutfiy ana shu allomadan tasavvuf ta’limini olib, keng va chuqur
bilim sohibi bo‘lib yetishdi. Lutfiy asarlaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, u Abu Ali
ibn Sinoning “Qonun” va “Ash-Shifo” asarlarini chuqur o‘zlashtirilgan.Bo‘lajak shoir
o‘zigacha bo‘lgan turkiy tildagi adabiyot bilan bir qatorda fors va arab adabiyotlarini
ham qunt bilan o‘rganadi. Uning Hofiz, Kamol Xo‘jandiy va Nasimiy meroslariga
ixlosi ayniqsa katta edi. Amir Temur davridan boshlab Xuroson va Movarounnahrda
ro‘y bergan siyosiy markazlashuv samarasi o‘laroq shakllangan adabiy muhit Lutfiyni
ham o‘z maydoniga tortdi. Uning g‘azallari og‘izga tushib, mushoira kechalarida
o‘qiladigan, adabiy suhbatlarning esa mavzusiga aylandi. Oddiy hayot tarziga
o‘rgangan, darvishlarga xos xokisorlik bilan mo‘tabarlik kasb etgan bu shoirning
g‘azallari chuqur fikrlarni sodda so‘zlar yordamida yuksak badiiy bo‘yoqlarda ifodalay
olishi bilan ajralib turar va g‘azallari shu jihati bilan Navoiy va Jomiy kabi adabiyot
homiylarining diqqat-e’tiborini qozongan ediU garchi o‘z ona tili – turkiy tilda
yaratilgan g‘azallari bilan mashhurlikka yetishgan bo‘lsa-da, forsiyda ham o‘zining
shoirlik iqtidori va mahoratini namoyish eta olgan. Lutfiy she’riyat bilan tariqatni,
majoz bilan haqiqatni uyg‘unlashtirgan edi. Ammo u so‘nggi nafasigacha shoirlik
burchi va ilhomiga sodiq qolib, o‘zbek she’riyati xazinasini bir-biridan qimmatli nazm
durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechog‘lik “ma’ruf va
mashhur” bo‘lmasin, “darveshlik tariqini dag‘i ilikdan” (Navoiy) chiqarmagan
edi.Lutfiyning lirikadagi serqirra ijodi haqida Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”
asarida quyidagilarni yozadi: “Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining “malikul-kalom”i
erdi. Turkiy va forsiyda benazir erdi, ammo turkiyda shuhrati ko‘proq erdi va turkcha