13
Organik kimyoning klassik usullari: alkillash, atsillash,
gidratlash,
gidrogenlash,
degidrogenlash
va
boshqa
reaksiyalardan foydalanish. Zamonaviy stereoyonaltirilgan
sintez usullari.
Fizikaviy organik kimyoning zamonaviy uskunaviy usullari:
elektromagnit nurlanish spektri bilan ta’sirlanishga
asoslangan
spektroskopiya usullari (YaMR, IQ, UB, OAD, AD) va mass-
spektrometriya.
Fizik- kimyoviy usullari: ko’rsatilgan fan tarmog’ining
shakllangan usullari.
Matematik usullari:
informatika, amaliy matematikaning
zamonaviy dasturlaridan tabiiy birikmalarning strukturasini
aniqlashda
foydalanish
.
Biologik usullari: moddalarni fiziologik faolligini hamda tirik
hujayrada
bajaradigan
vazifalarni
aniqlashda
biologik
testlardan foydalanish.
Bioorganik kimyo fani miqyosi juda kengdir - bu bir tomondan
tirik tabiatdan olinadigan va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega
moddalar hisoblansa, ikkinchi tomondan biologik faollikka ega sintez
qilib olinadigan organik birikmalardir.Organik kimyo reaksiyalar
mexanizmini to’liq tushuntirish va yangi
birikmalar hosil qilishning
sintez metodologiyasiga
egadir. Bu soha mutaxassislari biologik
ob’ektlarga xos birikmalarni analoglarini olish usullariga ega
bo’lsalarda, qaysi bir sintezning zarur va foydali ekanligini aniq ayta
olmaydilar.
Biokimyo esa izlanishning
biokimyoviy usullari
orqali
hayot faoliyati jarayonlarini o’rganadi. Masalan, fermentlarni tozalash
va faolligini aniqlashda,
in vivo
sharoitida radioaktiv indikatorlar usuli
qo’llaniladi. Biokimyogarlar laboratoriyada qanday birikmani sintez
qilishni zarurligini bilsalarda, buni amalga
oshirish uchun yetarli
malakaga ega emasdirlar. Bu esa o’z navbatida bu ikki soha bo’yicha
kelishilgan yo’nalishda izlanishlarni olib borish lozimligini talab etadi.
Bioorganik kimyo mutaxassislari ko’pincha ikki laboratoriyada
ishlaydilar; birida kerakli birikmani sintezi bilan shug’ullanishsa,
14
ikkinchisida esa biologik ob’ektlarda turli hayotiy jarayonlarni sodir
bo’lishini o’rganadilar. Kimyoviy va biologik yo’nalishlarni bir-biriga
singishi natijasida murakkab biologik jarayonlarni turli-tuman
xususiyatlarini o’rganish
uchun
molekulyar modellar yasash
yangi
kontsepsiyasi ishlab chiqildi. Ko’pchilik biologik reaksiyalarni hamda
ularda ishtirok etuvchi fermentlarni ta’sirini oddiy organik modellar
yordamida “
probirkada
” qayta tiklash mumkin. Bunday modellarni
qo’llash orqali biologik sistemalardagi
kimyoviy jarayonlarni sodir
bo’lishini aniqlashda katta natijalarga erishish mumkin. Bioorganik
modellar yordamida hosil qilingan organizmlarni patologik holatlari
haqidagi tassavurlar dori-darmon vositalarini tayyorlashning ilmiy
asosi bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: