175
Tayanch iboralar
:
alkaloid,
ishqoriy, tabiiy, fiziologik faol,
azot tutgan, pirrolidin,
piridin va piperidin, xinazolin, xinolin,
izoxinolin, indol, steroid, diterpen, purin
halqasini tutgan alkaloidlar,
efedrin, adrenalin, noradrenalin, meskalin, staxidrin, nikotin,
anabazin, Goffman parchalanish reaksiyasi,
tropan guruhi,
xinolizidin halqasi, steroid, likoktonin, pirimidin turlari.
*Muammoli vaziyat
: Amid guruhini tutgan tabiiy birikmani alkaloid
sinfiga kiritish yoki kiritmaslik masalasini hal qiling va xulosangizni
tahlil qilib bering.
Goffman parchalanish reaksiyasidan foydalanib platifillin
alkaloidining kimyoviy tuzilishini aniqlashni tushuntirig.
Alkaloid tushunchasi:
tabiiy, fiziologik faollikka ega bo’lgan,
tarkibida azot atomini tutgan organik asoslarga aytiladi.
Ayrim
adabiyotlarda azot geterohalqa tarkibiga kiradigan moddalar deb
keltiriladi. Lekin, bir qator oddiy tuzilishli
alkaloidlarda azot yon
zanjirda ham bo’lishi mumkin. Masalan, efedrin, meskalin, adrenalin.
Azot atomi amid holatida yoki pirrol, indol tarkibida bo’lganda u
asos xossasini namoyon qilmaydi. Ammo o’simlik
va boshqa tabiiy
xomashyodan ajratib olingan bunday moddalar ham alkaloidlarga
qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: