Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


ANORNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

ANORNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI 
Anor shifobaxsh moddalarga boy meva bo’lib, unda C, B1, B2, B6, B15, PP, B12, va A vitaminlari, kal 
siy, kaliy, temir, yod, kremniy, fosfor, al yuminiy, magniy, xrom, mis va marganes moddalari, foli va askorbin 
kislotasi yyetarli darajada. Anorning 100 grammida 80 kkall mavjud. 
Anor po’stlog’ida esa oshlovchi, qatron, bo’yoq moddalari, meva po’sti hamda oraliq pardalari 
tarkibida 28 foizga qadar oshlovchilar saqlanadi. 
Anor ozib ketishni yengadi, gemoglobinni ko’taradi, shamollashni daf etib, og’riqlardan xalos etadi
yurak og’rig’ini yengib, qon tomirlar va peshob yo’llaridagi faoliyatni yaxshilaydi, ich og’rig’ini davolaydi, 
ichaklardagi bog’lanish hamda o’t qopi ishini me'yorga keltiradi, jigardagi quvvatsizlikka barham berib
immunitetni ko’taradi. 
Xalq tabobatida anordan diareya, disbakterioz va dizenteriyada ham foydalaniladi. 
Anginani davolashda anorga teng keladigani yo’q. Eng muhimi, anor ishtahani ochadi. Tana harorati 
ko’tarilganda tushiradi va tanadagi modda almashinuvini yaxshilaydi. Anor eng foydali mevalardan bo’lib, 
xalq tabobatida nafaqat mevasi, balki pơchog’i, guli, bargi, novdasi va hattoki ildizi ham koni foyda ekanligi 
e'tirof etiladi. 
Mevasidan tayyorlangan sharbat immunitetni ko’taradi. Bu esa kishiga har qanday infeksiyaga qarshi 
kurasha olish quvvatini beradi. Anor tarkibida askorbin kislotasi yyetarlicha bo’lganligi sababli zangila (milk 
kasalligi) dan xalos etadi. 
Zamonaviy tibbiyotda ham, xalq tabobatida ham ayollarga ko’proq anor yyeyish tavsiya etiladi. Tibbiy 
tadqiqotlarda aniqlanishicha, anor tarkibida ellagotaninlar saqlanadi. Bu modda anorda juda ko’pligi bois, u 
ko’krak bezi kasalligi va saratonning oldini oladi 


54 
Anor sharbati 
Anorning yangi sharbati oshqozonda hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Shuning uchun uni og’ir hazm 
bo’luvchi taomlardan so’ng iste'mol qilish juda foydali. Ayniqsa, jigarga og’irlik qiladigan taomni bexosdan 
yeb qo’ysangiz, undan keyin anor sharbati ichish lozimligini unutmang. 
Anor sharbati og’iz bo’shlig’i kasalliklari va tomoq og’rig’ida ham davo. Buning uchun anor sharbatini
stakanga solib, qaynoq suv to’ldirilgan idishga iliguncha solib qo’ying. Sharbat ivigach, iching. Tomoqdagi 
shamollashni yengishda bu sharbatdan o’tadigani yo’q. Og’iz bo’shlig’ining yallig’lanishida ham chuchuk 
anor sharbati juda foydali. Uni ham xuddi yuqoridagidek ivitib ichish lozim. 
Bundan tashqari, anor mevasi va sharbati qondagi gemoglobin miqdorini ko’taradi hamda anemiyadan 
xalos etadi. Buning uchun anor sharbatidan kuniga 3 mahal, 1 stakandan ichib turish buyuriladi. Bunday 
xalqona muolajani 4 oy davom ettirib, 1 oy tanaffus qilsangiz va tanaffusdan keyin yana shuncha vaqt 
muolaja kursini qo’llasangiz, kamqonlikdan batamom qutulasiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin