‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

M aslahat berish.
Maslahat - biror hodisa ro‘y berganida, 
ishda, xatti-harakatda, xulq-atvorda qanday qilsa yaxshi bo‘lishi 
haqida fikr berish demakdir. Har bir kishi, ayniqsa bolalar bir ishni 
boshlashdan avval bu ish haqida kattalaming, 
ayniqsa 
o‘qituvchining fikrini bilishni istaydi. Yoki biror ishda, harakatda 
qiyinchilik tutilib qolsa, shu qiyinchilikni yengish yo‘lini topish 
maqsadida o‘qituvchidan, kattalardan maslahat so‘raydi. Bunday 
maslahat olish о‘quvchi hayotida tez-tez uchrab turadi. Shuning 
uchun tarbiyachilar bolalardagi bu xususiyatdan tarbiya maqsadida 
mohirlik bilan foydalanishlari kerak. Shuni ham aytish kerakki, 
bolalaming hammasi ham biror ish qilganda yoki biror ishm bosh­
lashdan oldin hamma vaqt ham maslahat olishga ju r’at etmaydi. 
Bunday vaqtlarda o‘qituvchi yoki tarbiyachi bolalami maslahat 
olishga rag‘batlatttirmogci kerak. Maslahatni ham o ‘quvchilaming 
mustaqil bo‘lishlariga yordam beradigan qilib berish kerak.
Iltimos va istak.
Iltimos, o‘tinch, so‘rov bilan bolalargamurojaat 
etish, ularga va ular kuchiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi. Shuning 
uchun ham sintga yoki ayrim bolaga biror ishda yordam berishlarini 
iltimos qilinganda ularga ma’qul tushadi, ulaming faolligini safarbar 
qiladi va buni bolalar bajonudil bajaradilar. Iltimos bolalaming
254


kuchiga ishonish va hurmat etishga asoslanadi. Iltimos yoki so‘rash 
xushmuomalalik va nazokat bilan amalga oshiriladi.
Buyruq va talab.
Buyruq - qat’iy amr-farmon shaklida 
ifodalangan talabdir.
Tarbiya jarayonida bolalar oldiga davlatimiz hamda ota-onalar 
tomonidan qo‘yilgan muayyan maqsad va vazifalaming 
bajarilishiga erishmoq uchun talab etish va buyruq berish kabi 
vositalardan ham foydalaniladi. Bolalardan talab qilinadigan 
talablar hamda ularga beriladigan amr-farmon va buyruqlar aniq, 
ravshan, tushunarli, muayyan ham qat’iy bo‘lishi kerak.
Har bir buyruq yoki talabning maqsadi bolalarga tushunarli 
bo‘lsin. Bolalar bu buyruq yoki talabni nima uchun bajarishlari 
zarurligini yaxshi anglashlari lozim. Shu bilan birga, ular yaxshi va 
puxta o‘ylab berilishi lozim. 0 ‘quvchilar oldiga qo'yilgan buyruq 
va talabning albatta bajarilishiga erishish kerak. Agarda qo‘yilgan 
talablar va beriladigan buyruqlar qat’iy bo‘lmasa, o‘quvchilaming 
bajarish imkoniyati susayadi. Bunday buyruqlar bajarilmay qoladi. 
Shuning uchun buyruq va talab qat’iy boisin. Maktab va oilada 
bolaga beriladgan har bir buyruq yoki talab bolaning yoshi, 
imkoniyati, kuchiga qarab berilishi hamda shu buyruq va talablar 
o‘quvchining tarbiyasiga yordam berishi kerak. Buyruq yoki 
talabning bolalarga tushuntirib berilishi va bolalar tomonidan puxta 
anglab olinishiga erishish lozim.
Beriladigan buyruq va qo‘yilgan talabning albatta bajarilishiga 
erishish kerak; buyruq asossiz bo‘lganda yoki buyruqni bajarav- 
chining uzrli sabablari boigan taqdirda bekor qilinishi mumkin.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin