dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qal-
bida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy
kishilaming ruhiyatiga moslab, ulaming hissiyoti, tafakkuriga ta’ sir
etadigan va ko‘p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin
obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Falsafiy
- tabiiy va ijtimoiy borliqni nazariy qabul qilishga,
shaxsning borliqqa nisbatan falsafiy munosabatiga asoslangan
dunyoqarash. “Falsafa” tushunchasining o‘zi (qadimgi grek tilidan
tarjima qilinganda “fal” - muhabbat, intilish, ishtiyoq, “sofa” -
donishmandlik, so‘zma-so‘z tarjima qilinganda esa “falsofa”)
“donishmandlikka intilaman” ma’nosini anglatadi. Mifologik va
diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar
asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz
tufayli ilm-fan yordamida to‘plagan bilimlar yig'indisidir. Falsafiy
dunyoqarash
kishilarga
tabiat,
jamiyat,
inson
tafakkuri
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi.
Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni, dunyoni va uning
taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab,
ziddiyatli jarayondan iboratligini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: