‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Iqtisodiy tarbiya vazifatari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Iqtisodiy tarbiya vazifatari:
- o‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib 
borish;
- oqilona ehtiyojlami, ulami moddiy imkoniyatlar bilan 
taqqoslash qobiliyatini shakllantirish;
- bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan 
izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash;
- kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, 
rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish 
kabi sifatlami tarbiyalash;
- o‘quvchilami iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko‘nikmalari 
bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini 
tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, 
mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish;
- mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, 
boqimandalik kayfiyatlariga, xo‘jasizlikka, isrofgarchilikka, bepar- 
volikka murosasiz munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va 
hokazo.
Iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati xususida Sharq mutafakkirlari, 
pedagog olimlar o‘z qarashlarini bayon etganlar. Ibn Muso al- 
Xorazmiy kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq boiishi 
kerakligi, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o'lchovlar 
orqali aniqlay olishi mumkinligini ta'kidlasa, Abu Nasr al-Forobiy 
insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ulami 
vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni 
e’tirof etadi. Al-Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida 
shunday yozadi: 
“Inson о ‘z mablag ‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul
sarflashda qizg ‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullami
rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi ”.
299


Ibn Sino bolalami hayotga tayyorlash uchun ularga hunar 
o‘rgatish lozim deb ko'rsatadi. Inson hunami puxta o‘rganishi 
shart. Chunki hunar unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. 
Bu shunday olib borilishi kerakki, u o‘z mehnatining natijalarini 
ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri foydalanayotganini anglashi lozim. Hunar egallash yosh- 
lami mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilish- 
ni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik hususiyatlariga 
ega bo‘ladi.
Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, 
ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy 
tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarmi ko‘rsatuvchi muhim 
belgilardir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin