‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

ijo d iy
qobiliyatlarini namoyish etishga imkon 
beruvchi ko‘rik-tanlovlar, ulaming iqtisodiy tafakkurini o‘stimvchi 
iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar va munozaralami 
tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
“Xalqimizning yo‘li - mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‘li- 
dir” nomli asarida quyidagilami bayon etadi: “Bozor munosa- 
batlariga o‘tish davrida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami, marke­
ting, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishi- 
mizda bu tushunchalamig mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim 
berishimiz maqsadga muvofiqdir”, - deya ta’kidlagan edi. 0 ‘zbe- 
kiston rahbariyatining mustaqillikni e’lon qilgandan keyingi dast- 
labki qadamlaridan biri iqtisodiy islohotlami amalga oshirishdan 
iborat bo‘ldi. Bunga quyidagi tamoyillar asos qilib olindi:
296


1. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ta’siri ostida 
bo‘Imas!igi kerak. Bu iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak- 
ligini bildiradi. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlaming 
mafkuradan holi bo'lishini ta’minlash kerak.
2. Davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lishi darkor. U 
ustunlikni belgilashi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va 
izchillik bilan amalga oshirishi, jaholatparast va mutaasiblar 
qarshiligini bartaraf etishi lozim.
3. Qonunning ustuvorligi, qonunga rioya qilish. Bu demokratik 
yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyani va qonimlami 
istisnosiz hamma kishi hurmat qilishi hamda ularga so‘zsiz rioya 
qilishi kerakligini bildiradi.
4. Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarining joriy 
etilishi aholini ijtimoiy himoya qilishga doir amaliy tadbirlaming 
o‘tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti 
yo‘lidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan edi va shunday 
bo‘lib qoladi.
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish puxta o‘ylangan holda, 
bosqichma-bosqich, obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar talablarini 
hisobga olish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim 
muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, 
oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy mazmuridagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, 
to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu 
hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o'quvchilarda 
iqtisodiy tafakkuming shakllanishiga yordam beradi. Demak, 
iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng 
muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng awalo, 
insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, 
uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
Bulardan ma’lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan 
doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, awalo, oiladan 
boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatse- 
varlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini
297


ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini 
anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o'rganadi, ularda 
tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi.
Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalami 
tartibli saqlash, kiyim-kechaklami asrab-avaylash, uy jihozlarini 
ta’mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar 
ko‘rmishlarda namoyon bo‘ladi.
Ota-onalar bolalami mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga 
zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda 
oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga 
o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot 
asoslarini ocrganish, ulaming unumli va ijtimoiy mehnatning turli 
ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va 
malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga 
olish va nazorat qilish kabilami oladi.
Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, 
tarix, matematika, kimyo, biologiya, mehnat ta’limi darslarida 
amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi 
«Iqtisodiyot asoslari» o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy 
tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish 
qonumyatlarini o‘rganadilar.
Jamiyatda keng ko‘lamIi iqtisodiy islohotlar amalga 
oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, 
xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalami to‘g‘ri tashkil 
etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish 
samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, 
bozor mfrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha 
daromad, budjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, 
shartnoma, biija, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot 
va boshqalar haqida to‘la ma’ lumotlaming berilishi o‘quvchilaming 
iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Maktabda olib 
boriladigan iqtisodiy ta’lim va tarbiya ishlari aynan shu maqsadga 
xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida -
o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish asosida mamlakat iqtisodiy
298


barqarorligmi ta'minlash, bozor infrastrukturasi qoidaiariga amal 
qilish, ichki bozomi to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish 
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini 
hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklami 
asrash, ulami ko‘paytirish borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror 
toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish yotadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin