‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

unumli
mehnat jarayonida o‘quvchining 
texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan 
ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi.
To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun 
o‘quv-ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kol- 
Ieksiyalar, oddiy modellar, yuqori sinflarda - stendlar, harakatdagi 
modellami yaratish mumkin.
Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg‘ulot- 
larda o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli bur- 
chaklar tashkil etadilar, o‘quv maskanini ко ‘ kal amzor lashtiradilar.
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: 
bolalar o ‘z-o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarish- 
laydilar, ro‘zg‘or texnikalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanadilar. 
Oila budjeti va uni yuritish bilan bog‘liq topshiriqlami bajaradilar, 
Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning 
imkoniyatlari cheksiz.
So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik 
katta e’tibor bermoqda. Yirik fermer xo'jaliklari, qo‘shma 
korxonalarning jamoalari maktablarni otaliqqa olmoqda, ulaming 
moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilaming bilim olishlari, ijtimoiy- 
foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
292


0 ‘quv melmati o‘quvchilaming ilmiy bilimlar hamda turli 
fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish 
hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga 
yo ‘ naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat harakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng 
yo‘lga qo‘yilmoqda. 0 ‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilaming ijtimoiy va 
o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ulaming o‘zlari tomonidan 
amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. 0 ‘quvchilaming nav- 
batchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim 
shaklidir.
Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning 
mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash va shirkat 
xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat -
o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
0 ‘quvchilar hozirgi davrda ,,Kamolot“ yoshlar ijtimoiy 
harakati faoliyatida ishtirok etadilar, dorivor o'simliklar, urug‘iami 
yig‘ish, maktab binolarini ta’minlashda qatnashmoqdalar, fermer, 
shirkat va jamoa xo‘jaIiklarida ishlab chiqarishni tashkil etishda 
ishtirok etmoqdalar.
Ayni vaqtda juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik 
mavjud. Korxona va xo'jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy 
yondashuv asosida mehnat tarbiyasini tashkil etishga ko’mak- 
lashmoqdalar. 0 ‘quvchilar ishlab chiqarish subyektlarining iqtiso- 
diy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ulami turli kasblami 
egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchiIarni mehnatga psixologik va amaliy 
jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y 
berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga 
nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga 
muhim ijtimoiy burch sifatida cjarash, ma’lum faoliyatni bajarishda 
mas’uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, 
mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda 
tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy 
qobiliyatini to'liq namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni
293


ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular 
jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy 
ishlar tizimida amalga oshirilib, ulaming har biri quyidagi 
vazifalami hal etishga yordam beradi:
- o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, 
mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanhgining anglab 
yetilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat 
uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakl­
lantirish va hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka 
egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib 
borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quwatlashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab 
etmoqda.
Melmat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv 
dasturlari, ta’lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. 
Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha 
yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni о‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan 
davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar 
mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, 
balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan 
layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat 
tarbiyasida an’anaviy metodlami emas, balki bilim olishning faol 
metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotehilik hamda 
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qoilashni 
nazarda tutadi. Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot 
metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, 
mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini 
izlab topish, ijodiy topshiriqlami to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, 
tanlovlar, yoshlaming ijodiy ko‘rgazmalami tashkil etish ham eng 
samarali metodlardan sanaladi.
294


Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari 
o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar 
bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch 
baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy 
bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu 
esa, o‘z navbatida, mehnat ta’limi mazmunini ham takomillash- 
tiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika 
va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni 
hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi 
lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, 
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini 
yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin