‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

8. Iqtisodiy tarbiya
0 ‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayot- 
gan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish va ularda 
iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko'nikma, malakalarni shakllan- 
tirish o‘ziga hos ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiya
- o'quvchilarga iqtisodiy bilimlami berish, 
ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo’ja- 
ligini yuritish, mavjud moddiy boyliklami asrash, ko‘paytiiish, 
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni 
tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat 
bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida y olga qo‘yilayotgan 
iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy 
tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik 
o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalami 
kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar 
amalga oshiriladi:
-
o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jali- 
gini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, 
ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik
295


faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va uiami tuzish, 
banklar, bank opefatsiyalari, bujdetni shakllantirish, daromad, 
bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish 
va ularni takomi Uashtirish;
— o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud 
moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
— ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish;
— ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faoljalb etish;
— o ‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga 
nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;
— ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliya- 
tining yo‘lga qo‘yilishiga erishish.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda trening- 
lar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish 
korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki 
muayyan 
kasbiy 
faoliyatni 
tashkil 
etish 
ko‘nikmalarini 
shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilaming ishlab 
chiqarish borasidagi 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin