2. 6-12 yoshgacha xalq maktabi yoki ona till maktabi. Bunda
o‘quvchi esda saqlashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozish, boshlang‘ich
maktab ko‘rrikmasini hosil qilishi kerak bolib,
buning uchun
geometriya, geografiya, tabiat fanlarini o ‘rganishi lozim.
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o‘quv yurtining vazifasi
bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishdan iborat bo‘lib,
unda klassik tillar, tabiat bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o‘qitilishi
kerak.
4. 18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o‘quv
yurtlari o‘quvchining irodasini, shaxsini bir butun o‘stirishi kerak.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o‘qitish, ya’ni
didaktika katta o‘rinni egallaydi. Bunda utabiiylik usulini asos qilib
oladi. Bu usulning
mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning
yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni
tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak, degan g'oya
ilgari
suriladi.
Masalan: Qush o'ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq
bo‘lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.
Komenskiy о‘zining “Buyuk didaktika”
asarida maktabda
o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga
amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko‘rsatmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bilim va
malakalami puxta egallash
tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: