‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Afina ta’lim tizimi
Umumbashariyatga boy ma’naviy me’ros qoldirgan 
antik
davr
(lot. 
antiquitas
- qadimgi davr: e.av. VII—II asrlar, bunda 
qadimgi 
yunon-rim 
sivilizatsiyasi 
tushuniladi) 
ko‘plab 
sivilizatsiyalaming rivojlanishini belgilab bergan hamda ularda 
ilm, fan, madaniyat shakllanishiga turtki bo‘lgan. 0 ‘sha davming 
boshqa hududlaridagi davlatlardan farqli ravishda Qadimgi 
Yunoniston (Ellada) madaniyati - uning davlatchilik asoslarini 
belgilab bergan asosiy omillardan hisoblangan. Afina davlatming 
Yunoniston polislari bilan bo‘lgan 30 yillik urushda (er.av. 404 y.) 
fojiaviy magiubiyatidan so‘ng Fukidid Afina davlatchiligida 
hokimiyat va fuqarolaming yuqori madaniyati o‘rtasida ajoyib
81


muvozanat o‘matilganligi, uning barcha sohalarida gurkirab 
rivojlangani hamda magiubiyatdan so‘ng yana tiklanish 
miunkinligiga ishonch bildirib quyidagilarni qoldirgan: hatto 
metindek eng mustahkam hokimiyat qulashi mumkin, va faqat 
guldek nozik inson tafakkuri hech qachon so‘nmaydi. Bundan 
shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday davlatning rivoji 
uning ma’naviy madaniyati, ya’ni ilm, fan, san’at, ta’limning 
rivojlanishiga bogiiq. Umuman olganda Afina madaniyati polis 
hayotining ajralmas qismi hisoblangan.
Shu o‘rinda aytish joizki, Afina ma’naviy madaniyatining 
asosini ilm, fan va uni egallashga, keyingi avlodga meros sifatida 
qoldirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya tashkil etadi.
Afina o‘z davrining madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazga 
aylanganligi yosh avlod taiim va tarbiyasiga qo‘yiladigan o‘ziga 
xos talablami ham belgilab bergan edi. Shu sababli Afina taiim
tizimi Sparta va Rim taiim tizimlaridan jiddiy farqlanadi.
Afinada taiim va tarbiya 
Paydeyya
deb yuritiladi (paydeyya
- qad.yunon. bola tarbiyasi; paydos - bola, o‘smir) va o‘sha 
davming mutafakkirlari tomonidan falsafa kategoriyasi sifatida 
qaralgan va hozirgi tilda “taiim tizimi”, tarbiyaning ma’lum bir 
modeli sifatida tushunish mumkin.
Hukmron qatlamining taiim va tarbiyasi har tomonlama 
rivojlangan shaxsni shakllantirish g‘oyasi -
kallogatiyaga
(yunon. 
etuk, ajoyib inson; boshqalami lol qoldiruvchi inson) - qaratilgan 
boiib, uning mohiyati insonning aqliy, jismoniy, ma’naviy va 
estetik rivojlanishidan iborat boigan.
Har bir inson taiim va tarbiyasi darajasiga ko‘ra jamiyatda 
ma’lum bir mavqega ega boigan. Afinada ham taiim maqsadli 
ravishda tashkil etilgan va amalga oshgan. Bunga o‘g‘il bolalar 7 
yoshdan jalb qilingan. Afinada Spartadagi kabi davlat taiim tizimi 
boimagan, barcha maktablar xususiy va pullik boigan.
Ijtimoiy hayotda o‘qituvchi (
didaskal
) katta mavqega ega 
boimagan, ular hunarmand va ustalarga tenglashtirilgan, ulaming 
mehnati yuqori baholanmagan va aholining yuqori qatlam qatorida 
ko‘rilmagan. Ular tomonidan ochilgan maktablar hunarmand- 
laming ustaxonasini eslatar va maktab ochish uchun yuqori
82


darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lish shart bo‘lmagan. Bunday 
maktablarda turli yoshdagi bolalar ta’lim olishgan va o‘qituvchi 
ulaming har biriga individual topshiriqlar berib bajarilishini nazorat 
qilgan.
0 ‘g‘il 
bolalarga 
boshlang‘ich bilimlarni 
grammatist
(didaskal) yozish, o‘qish va sanash asoslarini o‘rgatish orqali 
bergan. Boshlang‘ich yozish ko‘nikmalari eritilgan mum 
tayyoqchalariga (ser) o‘tkir uchli cho‘plar (
stilo)
yordamida turli 
xil belgi va shakllami yozish orqali shakllantirilgan. Barcha 
bajariladigan yozuvlar o‘qituvchi tomonidan namuna sifatida 
ko‘rsatilgan va ushbu namunalami talabga mos ravishda bajar- 
ganidan so‘ng ser va stilo husnixat ko‘nikmalarini shakllantirish 
papims va pero orqali davom ettirilgan. Husnixatga o‘rganish 
ancha murakkab jarayon bo‘lib, Aflotun guvohligicha uch yil 
davom etgan. Dionisiy boshlang‘ich savodxonlik mashg‘ulotlarini 
bunday tasvirlagan: “Husnixatga o‘rganishda biz awal harflami, 
keyin ulaming shakllarini yod olamiz; keyin esa so‘z bo‘g‘inlari, 
so‘zlar va ularni hosil bo‘lishi, sonlar, urg‘ular, gap tarkibi 
o‘rganiladi. Shundan keyingina o‘qish va yozish o‘rganiladi: awal 
bo‘g‘inlab, shoshmasdan va ma’lum darajada ko'nikma hosil 
bo‘lganidan keyin to iiq fikr bayon etilishi o‘rganiladi. 0 ‘qishni 
o‘rganganidan keyin o‘quvchi mazmunli o‘qish, urg‘ulami to‘g‘ri 
qo'yish, ovozning ko‘tarilishi va pasayishi, nutq ritmini va umuman 
“jozibali” o‘qishni mashq qilgan”.
Afina ta’limiga va umuman Antik davrga xos boigan bir jihat 
shundan iborat ediki, insonlar mashhur shoir va yozuvchilaming 
asarlarini yod bilishi va ulami omma oldida san’at darajasiga 
ko‘tarib o‘qish urf bo‘lgan. 0 ‘quvchilar ham o‘sha davming 
mashhur shoirlari, yozuvchilari, tarixchi va faylasuflarining 
she’rlari, poemalari, tragediya va “tarixiy komediyalari”, 
gnomus-
lar
(qisqa didaktik xarakterdagi matnlar), mif va afsonalar, gimn 
va boshqa turdagi adabiy asarlami yod olishgan. Ayniqsa Ezopa, 
Gomer, Gesiod va Solon, Esxil va Sofokl asarlari mashhur bo‘lgan.
0 ‘qishga o‘rgatishning asosiy didaktik usuli sifatida 
o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan har bir matn parchasini o‘quvchilar 
birgalikda ovoz chiqarib takrorlashgan. Arifmetikaga o‘rgatish
*3


birmuncha qiziqarli olib borilgan, chunki o‘qituvchilar sanash 
uchun buyumlardan ko‘rgazma sifatida foydalanishgan. 0 ‘sha 
davrda sanashga o‘rgatishda hisob taxtasi 
(abak)
asosiy va eng 
samarali didaktik vosita hisoblangan.
0 ‘quvchi bolalar boshalng‘ich savodxonlikni 
grammatistdan
egallaganlaridan so‘ng ulaming keyingi ta’lim va tarbiyasi bilan 
kifarist
shug‘ullangan. Bunda asosiy e’tibor estetik tarbiyaga 
qaratilgan boiib, o‘quvchilar musiqa taiimini egallaganlar. 
Musiqa ta’limi antik davming taiim va tarbiyasida muhim o‘rin 
tutgan. 0 ‘quvchilar keng tarqalgan musiqa asboblari - lira, kifar, 
fleyta, sitrada chalishni, jo ‘r b oiib ashula aytishni o‘rganganlar. 
Yunon mutafakkirlari fikriga ko‘ra, musiqani o‘rganish orqali 
milliy an’analami saqlab qolish va uni takomillashtirishga 
erishilgan, jo ‘r boiib ashula aytish orqali esa o‘quvchilarning 
hamkorlik ko‘nikmalari shakllantirilgan.
Ushbu bosqichdan so‘ng o‘quvchilar taxminan 12 yoshlarida 
umumiy jismoniy va boshlangich harbiy tayyorgarlik olish maqsa- 
dida gimnastika maktablarida 
(palestrlarda
) taiim olishgan. 
Palestrlarda olib boriladigan gimnastika mashqlari va harbiy 
tayyorgarlik davlat nazorati ostida olib borilgan va bu jarayonga 
alohida tayinlangan 
pedotriblar
rahbarlik qilgan1.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin