‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


) tizimlilik va muntazamlilik



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3) tizimlilik va muntazamlilik 
- bilimni ma’lum bir tizimda 
va uzluksiz ravishda berib borish;
4) mustahkamlik 
- bilimni tushunarli tilda qayta-qayta 
takrorlash yo‘li bilan berish;
5) tushunarhlik - bilimni hammaga tushunarli va hammabop 
qilib berish;
6) ilmiylik 
- bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga 
berish;
7) 
nazariya va amaliyot birligi 
- bilim berishda nazariy 
bilimlaming amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot 
bilan bog‘liqdigini ko‘rsatib berish.
Bu tamoyillar pedagogik jamoatchilik tomonidan 
umumiy
tamoyillar
deb qabul qilingan.
Onglilik va faollik tamoyili.
Bu tamoyil asosida ilm tomonidan 
aniqlangan, insonning haqiqiy bilim egallashi uchun, u - bu 
bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quwatini intensiv 
ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. 
Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: 
o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; o‘quvchi va 
talabalaming bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni
85


tashkil qilish hamda boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish 
faolligi bilib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Onglilik tamoyilini amaliyotda qoilash quyidagi qoidalarga 
rioya qilishni taqozo etadi:
1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba- 
yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ravshan qilib ko‘rsatib 
berish y o ii bilan, taiim oJuvchilarda aniq maqsad va vazifalami 
shakllantirish qoidasi.
2. Talabalarga qanday y o i bilan bilim olishni tushuntirib, 
ularda shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon 
olinadigan bilimni chuqur anglab yetmay mexanik holda 
egallamasinlar.
3. 0 ‘qitganda barcha bilish shakllaridan: tahlil va sintez; 
deduktiv va induktiv; taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish va 
hokazolardan foydalanish qoidasi.
4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, 
obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom 
ma’nosini oehib berish qoidasi.
5. 0 ‘quvchilaming о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foy­
dalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa b o iib javob topish qoidasi.
6. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi 
ekanligini yaqqol bilgan holda, ulami faollashtirishga hech qanday 
kuchni ayamaslik qoidasi.
7. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim 
orasidagi mantiqiy bogianish yo‘q joyda onglilik boimasligini 
esda tutgan holda, ulaming aqli yetmay turgan joylami, ulardagi 
bor bilim bilan mantiqiy bogiab berish qoidasi.
8. 0 ‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars 
markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllana- 
yotganini bilgan holda talabaga taiim iy ta’sir o‘tkazish qoidasi.
9. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi 
farqlar borligiga qaratish y o ii bilan, ulaming tafakkurini 
faollashtirish qoidasi.
10. 0 ‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har 
bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan 
mustahkamlash qoidasi.
86


11. 0 ‘qitilayotgan fanda asosiy va ikkinchi darajali joylarini 
ajratish yo‘li bilan, talabalarda berilgan bilim ichidagi asosiy 
o‘rinlarmi ajrata olishga o'rgatish qoidasi.
12. Hech qachon quruq obro‘ga tayanib o‘qitmay, faqat aql va 
hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib o‘qitish qoidasi.
13. Bolalarni o‘qishga o‘rgatish qoidasi.
14. Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ichki 
va tashqi omillami doimo bartaraf etib borish qoidasi.
15. Talabalarga «nega?» degan savolni tinmay berish yo‘li 
bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishni bildirib borish 
qoidasi.
16. Berilayotgan bilimning to‘g‘riligiga, bolalarda hech 
qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqmasligi uchun 
bilimni asos va dalillar bilan berish qoidasi.
17. Haqiqiy bilimga ega bo‘lgan deb, uni qaytarib aytib 
berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qo‘llay olganga 
aytiladi, degan qoida.
18. Doimo talabalar qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganib borib, 
ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish.
19. Bolalardagi kuzatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi 
voqeliklami ilmiy asoslab berish yo‘Ii bilan ularda onglilikni kamol 
toptirish qoidasi.
20. Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar 
ularda qat’iy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vazifasini 
o‘tash qoidasi.
21. Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan 
ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi- 
talabalami mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi.
22. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish 
yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkumi rivojlantirish qoidasi.
23. Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo 
savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili. Bu eng hammaga ma’lum va 
tushunarli bo‘ladigan tamoyillardan biri boiib, u qadimiy 
zamonlardan qo‘llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi 
qonuniyatlar yotadi: birinchidan, ko‘rish va eshitish orqali olingan
87


axborotlar miyaga turlicha ta’sir etib, turlicha xotirada saqlanadi. 
Qisqacha qilib aytganda, ko‘z bilan ko‘rganda quloq bilan 
eshitgandagiga nisbatan besh barobar ko‘p axborot olinib, uning 
miyada saqlanish darajasi ham yuqori. Ikkinchidan, ko‘zdan borgan 
axborot qayta ishlashga muhtoj emas.
Ta’lim amaliyoti bu tamoyilni amalga oshirishning bir qator 
qoidalarini ishlab chiqqan.
1. 0 ‘qitish jarayonida, ko‘rgan narsa eshitganga nisbatan bir 
necha barobar tez o‘zlashtirilib, uzoq muddatga esda saqlanib 
qolishligini doimo yodda tutish qoidasi.
2. Bolalar shakl, rang, his qilish va tovush orqali fikr 
yuritishlarini bilish qoidasi.
3. 0 ‘quvchilarning, kishi nimaiki narsani tasavvuriga kel- 
tirish mumkin boisa, ko‘ra olsa, eslab ko‘rsa, eshita olsa tafakkur 
qilinadi degan oltin qoidasini bilish.
4. Hech qachon ko‘rgazmani asosiy maqsad qilib olmaslik, 
ko‘rgazma maqsad emas, maqsadga yetish vositasi sifatida bilish 
qoidasi.
5. Bilim berish va bu bilimlami bolalar ko‘nikmasiga aylan- 
tirish jarayonida, barcha tushuncha va mavhumliklar, ular tafakku- 
riga faqat asos, dalil, misol, timsol va qiyofalar orqali tez yetib 
borishini anglash qoidasi.
6. Ko‘rgazmalardan, faqat narsalami ko‘rsatish uchun foyda- 
lanmay, ulardan muammoli vaziyatlami shakllantirishda ham 
foydalanish qoidasi.
7. Ko‘rgazma faqat axborot beribgina qolmay, o‘rganilayot- 
gan narsa va hodisa to‘g‘risida to‘g‘ri tasawur hosil qilishligini 
bilish qoidasi.
8. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda ma’lum bir tartib bilan 
ko‘rsatish yaxshi natija berishini tushunib yetish qoidasi.
9. Ko‘rgazmam ko‘rsatayotganda aw al butunlay, so‘ng 
ulami qismlarga b o iib ko‘rsatib, undan keyin у ana butunlay 
ko‘rsatishga e ’tibor berish qoidasi.
10. Turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish yaxshi, ammo 
ulaming miqdori haddan ziyod b oiib ketsa, bolalar hayolim yoyib 
yuborishligini bilish qoidasi.
88


11. Ko‘rgazmani ko‘rsatayotganda bolalarning awaldan 
egallagan hissiy bilimlaridan unumli foydalanish qoidasi.
12. Eng yaxshi ko‘rgazma bolalar o‘zi tayyorlagan ko‘rgazma 
ekanligini bilgan holda ko‘rgazmani iloji boricha bolalar bilan birga 
tayyorlash qoidasi.
13. 0 ‘zingiz yaxshi bilmagan narsani hech qachon bolalarga 
ko‘rsatmaslik qoidasi.
14. Yangi texnik vositalar — o‘quv televideniyasi, video, 
kompyuter va boshqalardan foydalanilayotganda, awal o‘qituv- 
chining o‘zi uni yaxshi o‘zlashtirib olishlik qoidasi.
15. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalar 
diqqatini, fikrlash madaniyatini, konstruktiv fikrini va o‘qishga 
qiziqishini tarbiyalash qoidasi.
16. Ko‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda 
foydalanish qoidasi.
17. Kabinet 
tizimidan 
foydalanilayotganda 
ko‘rgazma 
usulidan 
foydalanish 
imkoni 
kengayadi, 
shuning 
uchun 
ko‘rgazmalami ko‘rsatish tartibini albatta rejalashtirish qoidasi.
18. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalarning 
yosh xususiyatlaridan kelib chiqish qoidasi.
19. Ko‘rgazma juda ham kuchli ta’sir etuvchi vosita bo‘Iib, u 
bolalar hayolini o‘ziga qattiq jalb qilib, dars mavzuining asosiy 
maqsadidan chalg‘itishi mumkinligini anglash qoidasi.
20. Ko‘rgazmadan haddan ziyod foydalanish, bolalarda 
abstrakt tafakkur rivojiga to‘siq ham boiishi mumkinligini bilish 
qoidasi.
Tizimlilik va 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin