‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tushunarlilik tamovili. 
Bu tamoyil bir tomondan, didaktika­
ning boshqa tamoyillarining talablaridan, ikkinchi tomondan, 
talabalar yosh xususiyatidan, uchinchi tomondan, ko‘p yillik 
pedagogik tajriba asosida yaratilgan.
Bu tamoyil zaminida tezaurus qonuni yotadi. Bu qonun 
bo‘yicha - kishiga bilim faqat uning tezaurusiga mos kelganigina 
tushunarli bo‘ladi. Tazaurus lotinchada «xazina»ni bildiradi. 
Ma’nosi, 
kishining to‘plagan bilimi, ho‘nikma va fikrlash uslubi
uning tezaurusini tashkil qiladi.
Boshqa qonuniyatlami ham ko‘rsatishimiz mumkin: beriladi­
gan bilimning tushunarliligi, uni egallayotgan bolaning yoshi 
individual xususiyatlariga bogiiq; tushunarlilik bilim berishni 
tashkil qilishga va unda qoilaniladigan bilim berish usul va 
uslublariga bogiiq; bilimning tushunarliligi o‘quvchining saviya- 
siga va bilim sifatiga bogiiqligi; bilimni tushunarliligi uni berilish 
sur’atiga bogiiqligi va hokazo.
93


Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud: 
osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkab- 
ga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik 
tamoyilini qo‘llanish qoidalaiini kengaytirdi va boyitdi. Ular 
quyidagilar:
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi 
shart.
3. 0 ‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik 
darajasiga qarab bilim berish.
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.
5. Bilim berish sur’ati o ‘rtacha olib borilishi shart.
6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil boiishini 
esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish 
pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.
7. Psixologiya va pedagogikaning yangi kashfiyotlaridan 
imumli foydalanish, kichik qadamlardan asta-sekin katta 
qadamlarga o‘tish yo'li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.
8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni 
mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan 
foydalanish.
9. Berilayotgan bilimlaming qarama-qarshi tomonlarini ham 
tushuntirib, talabalaming bilim olishini osonlashtirish.
10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonimlaridir. Shuning 
uchun muayyan
fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shib tushuntirib ketish.
11. Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz 
tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik.
12. Talabalamig 
oraliq-yakuniy 
fikrlarini 
«bildi»ga 
yo‘ymasdan, ulardan fikmi davom ettirish uchim foydalanish.
13. Tushunarlilik o‘qituvchining so‘zlarini yuqori hissiyot va 
har bir so‘zni asoslab berilganligi bilan ham belgilanganligi.
14. Uzoq maruzalardan qochish.
15. 0 ‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish 
bilan kifoyalanish.
94


16. «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi 
o‘qituvchi bu haqiqatni topishni o‘quvchilarga o‘rgatadi» iborasini 
unutmaslik.
17. Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga 
sodda tilda tushuntirib berish yoki bu bilimlami topishni tushunarli 
qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yib, 
bilimni sekin-asta chiqib kelishini ko'rsatish, ulami rag‘batlantirib 
turish va hokazo tadbirlarga aytiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin