‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Mustahkamlik tamoyili. 
Bu tamoyilda barcha ilg‘or 
o'qituvchilar va pedagog olimlaming ko‘p yillik izlanishlari o‘z 
ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan empirik bilimlar 
birlashib mustahkamlangan.
Bilimlami mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‘lib, 
keyingi yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o‘zgarishlar kiritdi.
91


Bilimni mustahkam egallash jarayonini shu kundagi tushunilishi, 
bu jarayonga quyidagi yangi qoidalami kiritishni taqozo etdi.
1. Bugungi kungi ta’limda fikr yuritish eslab qolishdan 
ustunlik qilishi isbotlangan. Shuning uchun bolalar aqliy quwatini 
tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e ’tiborli narsalami eslab 
qolishiga kamroq e’tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishiga 
ko‘proq kuch sarflashiga yordam berish.
2. Bolalar tushunib yetinagan yoki noto‘g‘ri tushunib qolgan 
narsalami eslab qolmasliklariga e’tibor berish lozim. Bola faqat 
yaxshi tushunib yetib, uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan 
narsasini xotirasida saqlash.
3. Bola xotirasini kam e ’tiborli axborotlami eslab qolishdan 
holi qilish maqsadida, ularni turli lug1 at va ensiklopediyalardan 
foydalanishga o‘rgatish.
4. Eslab qolinadigan narsalami nihoyatda qisqa qilib, yod 
olishga oson bo‘lishi uchun, ravon, iloji bo'lsa she’r vazniga solib 
turib esda saqlashga bolalami o‘rgatish.
5. Esdan chiqarish bilimni egallab olgandan keyin tez 
kechishini hisobga olgan holda, ularni psixologiya fanining esda 
saqlash qoidasi asosida xotirada saqlashga yoshlami o‘rgatish.
6. Yod olishni uyga vazifa qilib bermay, uni shu narsaga 
qiziqtirib qo‘yish va vaqti-vaqti bilan bu qiziqishni yangi lab turish.
7. Takrorlash mashqlarini bola yangi bilimni egallagan 
paytdan boshlash. Chunki bu narsalar keyin esdan chiqib ketishi 
aniq.
8. Bola diqqatini susaytiruvchi ichki va tashqi omillar 
faoliyatiga y o i qo‘ymaslik, Dangasalik kasali bilan tinmay kurash 
olib borish, bilim olish sur’atini pasaytirmaslik.
9. Beriladigan bilimga qiziqish va ijobiy munosabatni 
shakllantirmasdan turib, yangi bilim berishni boshlamaslik. Zo‘rlab 
berilgan bilim bola xotirasida uzoq saqlanmasligini unutmaslik.
10. Bilimni egallash sur’ati pasaya boshlashi bilan uning 
sababini aniqlash va bartaraf etish. Odatda, bilim olish sur’atining 
pasayishi charchagandan keyin paydo bo‘ladi.
92


11. 0 ‘ quvchilar tomonidan mustaqil ravishda darsni qaytarish 
eslab qolishning muhim omili ekanini unutmaslik va o‘zini o‘zi 
tarbiyalashga katta e’tibor qaratish.
12. Qaytarish darslarini shunday tashkil qilish kerakki, u faqat 
bilimni xotirada tiklashga xizmat qilmay, fikr yuritishga ham 
foydasi boisin. Shuning uchun qaytarish darslarini asosiy dars 
tizimida o ‘tmay, uning hajmini yo ko‘paytirish, yoki kamaytirish.
13. Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni 
qiziqarli qilib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib turib berish.
14. Yangi beriladigan bilim xotirada mustahkam qolishi 
uchun, uni avvalgi bilim bilan bogiab berish.
15. Bilimni mantiqan bir butun qilib berishga o‘rganish.
16. Oson va bir turdagi topshiriq berishdan tiyilish, ular 
bolalarga qiziq bo‘lmay ulami toliqtiradi.
17. Mashqlar o‘tkazishdan oldin, ulaming bajarilish tartibi va 
natijasi to‘g‘risida ma’Iumot berish.
18. Mashq davrida bolalami charchab qolishdan saqlash.
19. Hozirgi zamon nazorat usullaridan to‘g‘ri foydalanish.
20. Bolalami o‘z mehnatini nazorat qilish va baholashga 
o‘rgatish.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin