O'zingni ovora qilma,
qalbi yo'q odam ishqni tushunmaydi.
58
Mirach Chag'ri Oqtosh
O'rtadagi masofalarni to'siq bilgan insonning
sevgisidan yaxshilik chiqmaydi
Menga o'rtadagi masofalarni bahona qilma. Umr
yo'ldoshi o'lganiga necha yillar bo'lsa ham, hanuz uni
sovib, sodiq yashayotgan qanchadan qancha insonlar bon
(^ora tuproq bilan qorishgan insonni hamon ilk kundagi
Uabi qalbida yashatayotgan insonlar bor. Aslida, masofa
(leganing sening qalbingda. Asl masofa - o'zingsan.
Menga nafasimchalik yaqin bo'lib turib, olislikni tanlagan
o'zingsan. Bizning baxtli bo'lmasligimiz uchun, birga
bo'lmasligimiz
uchun
qo'lingdan
kelganini
qilgan
o'zingsan.
Sening masofa deganing bor-yo'g'i bir qog'oz
parchasi edi ya hamma narsa birgina chiptaga bog'liq
edi, hamma narsa birgina chiptachalik yaqin edi. Biroq
sen buni bir davlat muaijimosi kabi kattalashtirdingki,
masofalarni ro'kach qilib, buni o'zingga bahona qilib
olding. Shunga qaramay men barcha chiptalarimni sen
uchun oldim. Senga olib boradigan yo'llar uchun oldim.
Aslida sira mavjud bo'lmagan "biz” uchun oldim. Meni
sevmagan sen uchun oldim. Mendan tashqari hamma
narsa va har kimga qiziqadigan, ammo menga kelganda
har gal ko'rmaslikka oladigan sen uchun oldim! Senga
yetaklaydigan har bir qadamimda o'z jonimga o't qaladim.
Asli oshiqlik bu edi, jonim azoblansa ham aslo orqaga
qadam bosmadim.
Bir inson yuragi urishdan
to'xtaganida emas, bir qalbda azasi ochilganida oiadi.
59
To'siqiarga qaram ay sevdik
Men har on sen tomonga...
Mening qalbimdagi senga oid sevgining go'zalligi
bilan, sening o'sha sevgini his qilmasligingning badbaxtligi
ajal bilan olishadi.
"Oz narsa bilan qanoatlanmaydigan odam, ko'p
narsaga erisholmaydi” deyishadi, ammo men oz ham deb
bo'lmaydigan sening yo'qliging bilan qanoatlandim.
Sen mening qilgan ishlarimni shunchaki orqaga
suyanib, beparvolarcha tomosha qilding. Sendagi qanday
vijdon bo'ldiki, sen uchun dard chekib, adoyi tamom
bo'lganimni
ko'rib turib, hech narsani his qilmading.
Chunkiyuragingtoshgaaylangan. Sen hayotimningbutun
borlig'i ekansan, men sening hayotingda nuqtachalik
qiymatga ega emasdim. Ehtimol aynan shuning uchun
meni sevmagandirsan. Biroq shuni bilib qo'yishingni
istardim men, meni sevib qolishi uchun hech kim bilan
bunchalik andarmon bo'lmadim. Kimgadir tuygan sevgim
uchun bunchalik ahamiyat bermadim. "U bunga arziydi”,
degandim, adashibman. Arzimas ekansan. Seni shu qadar
sarhadsiz sevganmanki, shuncha harakatimga qaramay
sen uchun bir nuqtachalik ahamiyatsiz bo'lsam ham, meni
sevmasliginga qaramay, men uchun butun borliqsan! Men
senda yo'q ekanman, sen mening qalbimdan zarracha ham
kamaymading.
Men seni hammadan ko'proq sevgan odamman,
sen meni bir lahza ham sevmagan insonsan. Seni sevishni
boshlagan ondan tugab bordim. Sen tomondan sariq
60
|