Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakllari. Iqtisodiy tahlilni tashkil



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

3.3. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish shakllari. Iqtisodiy tahlilni tashkil 
etishda korxonaning tarmoq xususiyati, faoliyat ko„lami, raqobatdagi o„rni 
kabi jihatlarini hisobga olish 
Iqtisodiy 
tahlilni 
tashkil 
etish 
yuzasidan 
rasmiy 
jihatlarning 
belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an‘anaviy yo‗nalishlardan 
foydalanish mumkin. 
16
K. R. Subramanyam. Financial statement analysis, Eleventh edition Published by McGraw-Hill 
Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by.


96 
Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi 
rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil 
etishda asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Jumladan, yangi tahrirdagi ―Buxgalteriya hisobi‖ to‗g‗risidagi qonunning 
―Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish‖ to‗g‗risidagi 11-moddasi 
buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga 
oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday 
huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi 
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan 
foydalanish; 
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik 
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini 
yuritish bo‗yicha xizmat ko‗rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma 
asosida yuklashi; 
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, 
moliyaviy tahlilga nisbatan ham to‗la mos deyish mumkin. 
Tahlilni 
tashkil etish shakli
sifatida ichki tahlilni tashkil etilishi va tashqi 
tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir. 
Tashqi tahlil
cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot 
shakllari asosida xo‗jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini o‗rganishni 
xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish 
imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega 
bo‗lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki 
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashqi tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi: 
- tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‗pligi; 
- tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli tumanligi; 


97 
- hisobga olish va hisobotlarning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy 
jihatlarining belgilanganligi; 
- tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar 
bazasiga tayangan holda o‗tkalishi; 
- qo‗yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi; 
- axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil 
natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi. 
Tashqi tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma‘lumotlari asosida 
korxona aktivlari, o‗z mablag‗lari manbai va majburiyatlarining o‗zgarishi, to‗lov 
layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish 
aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, 
foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o‗zgarishlari, 
korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi. 
Ichki tahlil
– korxonaning ichki bo‗limlari, xodimlari tomonidan o‗tkazilib 
o‗rganiladigan masalalarning ko‗lami bilan tashqi tahlildan farq etadi. Ichki 
tahlilning axborotlar bazasi va o‗rganiladigan masalalarning ko‗lami tashqi 
moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat 
chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha 
manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O‗rganiladigan 
masalalar ko‗lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan 
kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‗ziga xos xususiyatlarini 
quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin. 
Ichki tahlilning o‗ziga xos jihatlari: 
- tahlil subyektlarining tor guruhi; 
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan 
yo‗naltirilganligi; 
- teran iqtisodiy tahlilni o‗tkazishda axborotlarning keng doirasidan 
foydalanish imkoniyatining yuqoriligi; 
- tahlilni o‗tkazish bo‗yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq 
reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari; 


98 
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur iqtisodiy tahlilni 
o‗tkazish imkoniyati mavjudligi; 
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil 
etilishi. 
Iqtisodiy tahlil 
mazmuni bo„yicha
to‗liq tahlil va tematik tahlil turlariga 
ajratiladi. 
To‗liq tahlil korxona iqtisodiy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks 
o‗rganishni xarakterlaydi. Tematik tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida 
jihatlarini va akspektlarini o‗rganishni xarakterlaydi. Tematik tahlil predmetiga: 
aktivlardan 
samarali 
foydalanish, 
aktivlarni 
moliyalashtirishda 
alohida 
manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‗lov layoqati va moliyaviy barqarorlik 
holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi 
masalalarni kiritish mumkin. 
Iqtisodiy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning to‗liq (bir butunlikdagi) tahlil, alohida bo‗limlar va birliklar tahlili 
(iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‗yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar 
tahlilini tarkiblash mumkin. 
O„tkazish davri bo„yicha
iqtisodiy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil 
turlariga tarkiblanadi.
Oldingi tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida 
olingan moliyaviy jarayonlar bo‗yicha shart-sharoitlarni bilish bilan bog‗lanadi 
(masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning 
to‗lov layoqatini baholash). 
Joriy (operativ) tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya 
operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta‘sir 
etish yuzasidan o‗tkaziladigan tahlil turidir. 
Istiqbolli tahlil – amaldagi holatni o‗rganish asosida moliyaviy holat va 
uning alohida birliklari bo‗yicha kelajakdagi o‗zgarishlarning kutilishlarini 
baholab beruvchi tahlil turidir. 


99 
Iqtisodiy tahlilni
tashkil etish bosqichlari
ni quyidagi ketma-ketlikda 
o‗tkazish maqsadga muvofiq deb o‗ylaymiz. 
1.
Iqtisodiy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; 
2.
Iqtisodiy tahlil yuzasidan ma‘lumotlar bazasini to‗plash; 
3.
Iqtisodiy tahlilni bevosita o‗tkazish bosqichi; 
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; 
5.
Qarorlar tayyorlash bosqichi; 
6.
Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi. 
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va sohaning 
o‗ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, xo‗jalik subyektlarining 
faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Farqlanish nafaqat ularning faoliyat 
turida‚ balki mulkiy shaklida, kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‗lamida 
ham mavjud. Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan 
ularning qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni farqlanishi muhim 
o‗rin tutmasa ham, aslida masalaning yechimi uning quyi bo‗g‗iniga, faoliyatning 
turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga, mulkiy va moliyaviy munosabatlarga 
borib taqaladi. 
Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‗i yagona maqsadda birlashsa ham, boshqa 
munosabatlarda tubdan farq qiladi. Bu jihat farqlanishlar albatta moliyaviy tahlilda 
hisobga olinishi lozim.
Axborotlar bazasida ham farqlanishni kuzatish mumkin. Masalan kichik 
biznes subyektlari soddalashtirilgan tartibda moliyaviy hisobotni tuzadilar va 
yuritadilar, yirik biznes subyektlari esa umumbelgilangan tartibda moliyaviy 
hisobotni tuzadilar va taqdim etadilar. Shu bilan birgalikda ularning soni va 
mazmunida, auditorlik xulosalarining olinishida ham farqlanishlar kuzatiladi. 
Moliyaviy hisobotlarga auditorlik xulosalarining olinishida ham majburiy va 
majburiy bo‗lmagan tarkibini guruhlash mumkin. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin