Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Investitsion tahlil.
Investitsion tahlil
– bu investorlarning samarali qaror 
qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini 
ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy 
uslublar, usullar majmuidir. 
Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar har bitta korxonaning asosiy maqsadi 
foyda olish va iqtisodiy salohiyatni o‗stirishga qaratilgan. Investitsiyalar ushbu 
maqsadga erishishning vositasidir. Ammo, har bir sarmoyadorning qarorlari 


103 
muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun investitsion tahlil natijalariga asoslangan bo‗lishi 
lozim. 
To‗g‗ri va o‗z vaqtida o‗tkazilgan 
investitsion tahlil
quyidagi vazifalarni hal 
qilish imkonini beradi: 
- investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur shart-
sharoitlarning mavjudligini baholash; 
- korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda 
sarmoyaviy yechimlarini tanlash; 
- investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki rejadan chetga 
chiqishlarga ta‘sir etuvchi barcha omillarni aniqlash; 
- investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf-xatarlarni 
aniqlash; 
- korxonalarning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan investitsion 
monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish. 
Investitsion tahlilning 
turlari bo„yicha
: kapital qo‗yilmalarga investitsiyalar 
va moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi. 
Investitsiyalar 
obyekti bo„yicha
: to‗liq korxona tahlili va alohida investitson 
jarayonlar tahliliga bo‗linadi. 
Davri bo„yicha
: investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion faoliyatdan 
keyingi tahlilga ajratiladi. 
Analitik izlanishlar hajmi
bo‗yicha to‗liq va tematik tahlil turlariga 
bo‗linadi. 
Shakli bo„yicha
investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga ajratiladi. 
Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‗tkaziladi: 
- zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash; 
- dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni shakllantirish; 
- analitik axborotni talqin qilish; 
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash. 
Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‗z ichiga oladi.Ularning har biri 
o‗z ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi: 


104 
1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash; 
2-risklarni baholash. 
Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend, 
qiyoslash, koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin