Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 
3.5. Iqtisodiy tahlil bosqichlari 
 
Iqtisodiy tahlil o‗tkazish metodikasi quyidagi 
asosiy bosqichlarni
o‗z ichiga 
oladi: 
1. Dastlabki baholash.
Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini 
baholashni, moliyaviy hisobotlarni o‗qish va uning muhim ko‗rsatkichlar tizimini 
baholashni, aylanma mablag‗lar va uzoq muddatli aktivlar, o‗z va qarz mablag‗lari 
bilan bog‗liq ko‗rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali 
aniq xulosalarni shakllantirish nazarda tutiladi. 
2. 
Ekspress-tahlil.
Moliyaviy 
koeffitsiyentlarni 
aniqlash 
asosida 
korxonaning joriy va istiqbolli to‗lovga qobilligini, ish va bozor aktivligini 
o‗rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi. 


107 
Ekspress-tahlilning 
maqsadi
xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspress-
tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
- rasmiy xususiyatlarga ko‗ra hisobotni ko‗rish; 
- auditor xulosasi bilan tanishish; 
- korxona hisob siyosati bilan tanishish; 
- hisobotdagi ―og‗riqli‖(muammoli) bandlarni aniqlash va ularni dinamik 
baholash; 
- asosiy ko‗rsatkichlar bilan tanishish; 
- tushuntirish xatini o‗qish; 
- haqqoniy balans ma‘lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni 
baholash; 
- tahlil natijalari bo‗yicha xulosalarni shakllantirish. 
Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o‗zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr 
oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o‗sishiga; aylanma aktivlarning 
o‗sishi uzoq muddatli aktivlarning o‗sishidan yuqori bo‗lishiga; xususiy 
kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo‗lishiga; xususiy kapitalning o‗sishi qarz 
kapitalining 
o‗sishidan 
yuqori 
bo‗lishiga; 
debitorlik 
va 
kreditorlik 
majburiyatlarining o‗sishi bir xilda bo‗lishiga; aylanma aktivlarda o‗z mablag‗lari 
hissasi yuqori bo‗lishiga; qoplanmagan zarar qatori bo‗lmasligiga va h.k. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin