111
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek‚ asosiy
xo‗jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‗yiladigan talablar
buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta‘sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar
va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi
hisobotdan iborat‚ faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy
hisoboti manfaatdor
banklar, birjalar,
investorlar, kreditorlar, shuningdek‚
qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek‚ sug‗urta tashkilotlari, banklar, jamoat
fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy
hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi
subyekti boshqa yuqori
boshqaruv organining yillik umumiy yig‗ilishi o‗tkaziladigan sanadan kamida ikki
hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e‘lon qilishi shart.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‗jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar
asosida hisobga olish yo‗li bilan buxgalteriya axborotini yig‗ish, qayd etish va
umumlashtirishning
tartibga solingan tizimidan, shuningdek‚ u asosida moliyaviy
va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Boshlang‗ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi reestrlarida,
moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish
va yuritish bilan bog‗liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan
buxgalteriya hisobi
obyektlari haqidagi qayta ishlangan ma‘lumotlar –
Dostları ilə paylaş: