115
Majburiyat, kreditor o‗z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor
ana shu huquqlaridan mahrum bo‗lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‗tgan voqealarning natijasidir. Masalan,
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan to‗lanishi kerak
bo‗lgan (agar ular ilgari to‗lanmagan bo‗lsa yoki yetkazib berilganda) schyotlar
ham olinadi.
Zaxiralar
– kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo‗lgan
xususiy sarmoyaning bir qismidir.
Xo‗jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan
qo‗shimcha tarzda himoya qilishni ta‘minlash uchun zaxiralarni vujudga keltirish
zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul
qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish
xo‗jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini
buzmagan holda) ko‗zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: