Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

buxgalteriya axboroti
deb 
yuritiladi. 


112 
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal 
talablarni buxgalteriya hisobi standartlari belgilaydi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga 
doir maxsus talablarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari belgilaydi.
Xo‗jalik subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qo‗llashlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning elementlari:
aktivlar, majburiyatlar, xususiy 
kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekti o‗zining, pul oqimlari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining 
hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli 
qo‗llanilganda, xo‗jalik yurituvchi subyekt moddalarni aktivlar, majburiyatlar, 
kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan 
oladi, qachonki ular konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta‘riflariga 
va tan olish mezonlariga to‗g‗ri kelsa. 
Aktivlar
subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish 
maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. 
Aktivlar 
– xo‗jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‗lgan moddiy, shu 
jumladan, pul mablag‗lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir. 
Aktivlarda aks ettirilgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda, xo‗jalik yurituvchi 
subyektning pul mablag‗lari oqimiga potensial bevosita va bilvosita qo‗shiladigan 
ulushdir. Bu ulush xo‗jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining bir qismi 
sifatida yuzaga kelishi mumkin. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa 
voqealarning natijasidir. Xo‗jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni sotib olib 
yoki hosil qilib unga ega bo‗ladilar, biroq, boshqa bitimlar va voqealar aktivlarni 
ko‗paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi subyekt hukumatdan 
olgan ko‗chmas mulk va h.k. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar 
o‗zidan o‗zi aktivlarning paydo bo‗lishiga olib kelmaydi. 


113 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt o‗z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy zaxiralar 
ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‗rsatilishini boshqarish uchun foydalanadi. 
Aktivlarda aks ettirilgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda xo‗jalik yurituvchi 
subyekt tomonidan har xil yo‗llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, 
aktivdan: 
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishda alohida 
yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi; 
- boshqa aktivlarga almashtirilishi; 
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning egalari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin. 
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga ega. Biroq, 
moddiy shakl aktivning mavjud bo‗lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va 
mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‗jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan 
foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni kutayotgan bo‗lsa. 
Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu 
jumladan egalik huquqi bilan bog‗liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik 
huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, 
agar xo‗jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‗lgan foydani 
nazorat qilsa. 
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‗rtasida uzviy 
aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‗yicha to‗g‗ri 
kelmaydi. Xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar 
bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-
kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb 
hisoblash uchun asos bo‗lmaydi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi subyektga tekinga 
berilgan obyektlar aktivlarni ta‘riflashga mos keladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin