113
Xo‗jalik yurituvchi subyekt o‗z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy zaxiralar
ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‗rsatilishini boshqarish uchun foydalanadi.
Aktivlarda aks ettirilgan bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda xo‗jalik yurituvchi
subyekt tomonidan har xil yo‗llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan,
aktivdan:
- tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishda alohida
yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;
- boshqa aktivlarga almashtirilishi;
- majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;
- xo‗jalik yurituvchi subyektning egalari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin.
Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga ega. Biroq,
moddiy shakl aktivning mavjud bo‗lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va
mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‗jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan
foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni kutayotgan bo‗lsa.
Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu
jumladan egalik huquqi bilan bog‗liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik
huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi,
agar xo‗jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‗lgan foydani
nazorat qilsa.
Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‗rtasida uzviy
aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‗yicha to‗g‗ri
kelmaydi. Xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar
bo‗lg‗usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-
kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb
hisoblash uchun asos bo‗lmaydi. Masalan, xo‗jalik yurituvchi subyektga tekinga
berilgan obyektlar aktivlarni ta‘riflashga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: