A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

6.3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato
yozuvlarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, 
e ’tiborsizlik, m as’uliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar 
yozilishi mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi
mumkin:
1. Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
2. Xato yozuv noto‘g ‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida 
vujudga kelgan.
3. Buxgalteriya provodkasi to ‘g ‘ri, ammo aks ettirilgan summa 
ko‘p yoki kam yozilgan.
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida 
aniqlanganiga ko ‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
1. “Korrektura” usuli.
2. “Qizil stom o” usuli.
3. “Q o‘shimcha yozuv” usuli.
Korrektura usuli m a’lumotlami hisobot davri uchun jamlangunga 
qadar topilgan xatolarini tuzatishda qo'llaniladi. Bu usulda noto‘g ‘ri 
yozuv ustidan, uni o ‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va 
yuqorisiga to ‘g ‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g ‘risida
122


tegishli registming bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning 
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jumal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar 
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar 
tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh dafitarga 
o ‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun 
belgilangan 
bo‘sh 
qator yoki 
grafada, 
maxsus 
buxgalteriya
m a’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan 
m a’lumotlar dafitarga o ‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda 
ham xatoni tuzatish maxsus
tuziladigan buxgalteriya m a’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu 
m a’lumotnomadagi 
yozuv Bosh 
dafitarga 
alohida 
o ‘tkaziladi.
M a’lumotnoma esa xato topilgan jum al-orderga ilova qilinadi (tikib 
qo‘yiladi).
Masalan: “Materiallar” schyoti buxgalteriya hisob reestriga 40050 
so‘m o ‘miga, 40000 so‘m yozilgan:
40000 (14.03.18) “to ‘g'rilanganligiga ishonilsin ” (imzo).
“Qizil 
stomo” 
usulidan 
buxgalteriya 
provodkasi 
noto‘g ‘ri 
berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
“Qizil stomo” usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali 
to‘g ‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan 
aylanma jam i summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirilib, xato yozuv to‘g ‘rilanganidan 
so‘ng, to ‘g ‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib 
qo‘yiladi.
Masalan: “Asosiy ishlab chiqarish” uchun ombordan material 
berildi 
60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi 
quyidagicha bo‘ladi:
Debet “Asosiy ishlab chiqarish”.
Kredit “Materiallar”.
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 
so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
123


Xato yozuvni bitta 0 ni o ‘chirish orqali to‘g ‘rilash mumkin emas. 
Demak, “qizil stom o” usulidan foydalanishga to‘g ‘ri keladi.
600 000-540 000 = 60 000.
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi 
sababli, 600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak 
bo'lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha 
yozuv” usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad 
solig‘i ushlab qolindi. X o'jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida 
quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
Kredit 6410.
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan 
buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o ‘m iga 120 000 soni
yozilgani aniqlandi.
170 0 0 0 - 1 2 0 000 = 50 000.
Xato yozuv to ‘g ‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks 
ettirilishi kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra 
tegishli schyotlarga “q o ‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv” usuli orqali 
aks ettiriladi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin