Xo‘jalik operatsiyalari reestri
20_ y il _______________ oyi uchun
6.1-jadval
N
t/r
Sana
Boshlang‘ich
hujjatning nomi va
raqami
Opera tsiya
mazmuni
Sum masi
(so‘m)
H isobvaraqlar
korresponden-
siyasi
debet
kredit
Demak, Bosh daftar shaklida ikki turdagi hisob registrlaridan
foydalanish mumkin:
1. Bosh daftar.
2. Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u
holda Bosh daftarga m a’lumotlar ham dastlabki hujjatlar, hamda
vedomostlar m a’lumotlari asosida yozib boriladi.
Bosh daftam ing varaqlarida xo‘jalik jarayoni bo‘lgan vaqtida,
dastlabki
hujjat
tartib
raqami,
jarayon
mazmuni,
summasi,
korrespondensiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan
ushbu shaklning
qulayliklari quyidagilardan iborat:
- yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
- hisob ishlari kamayadi;
- qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;
- sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga
zaruriyat y o ‘qoladi;
- hisob xodimlarining ortiqcha mehnati qisqaradi.
Yuqorida keltirib o ‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya
128
hisobining Bosh daftar shaklini qo'llashda ba’zi bir kamchiliklar
vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat.
- korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish
mumkin boMmay qoladi;
- qo‘llaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks
ettirilishi ehtimolini oshiradi;
- Hisob xodimlari o'rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil
etilishini ta’minlamaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobining Bosh
daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u yerdagi hisob ishlarini
yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga har bir mablag1 va ular bo‘yicha
qoldiqlar aks ettirilib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy
davomida xronologik tartibda har bir dastlabki hujjat asosida xo‘jalik
jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taalluqli
summa, ikki yoqlama yozuv usuliga k o ‘ra, korrespondensiyalangan
schyotlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy oxirida har bir schyot bo‘yicha debet va kredit aylanmalari
aniqlanadi va jami debet va kredit aylanmalari jamlanib, ular tengliligini
taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit aylanmalar y ig‘indisi
tengligi hisob ishlari to‘g ‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit
aylanmalarda aniqlangan summa o ‘zaro teng boMishi bilan birga
“Tekshiruv summasi” qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng, har bir schyot bo‘yicha oy oxiriga qoldiq hisoblab
chiqiladi. Oy oxiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda
debet tomonida, passiv schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib,
ulaming o ‘zaro teng bo ‘lishi shartdir.
So‘ngra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona
hisoboti tuziladi.
Yuqorida
keltirib
o ‘tilgan,
Bosh
daftar
schyotini jadval
ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «Excel»da
samarali qoMlashi mumkin.
129
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan
kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940-
yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida
olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga
keldi. 1949-yilda ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan
o ‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining m e’yoriy hisob
registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb atalishi,
ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb
atalishiga asos bo‘ldi.
1960-yil 1-yanvardan qo ‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining
yagona schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining
jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar
buxgalteriya
hisobi
prinsiplariga
o ‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining
memorial-order shakli qo ‘llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shakli boshlang‘ich xo‘jalik
m a’lumotlarini guruhlab jam lash prinsipiga asoslangan. Bu jam lashda
buxgalteriya hisobi hamma bo ‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va
jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta’minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki hujjat m a’lumotlarini tizimlash va
jamlash hisobga olinishi kerak bo ‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini
ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob
registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlami tuzish zaruriyati
qolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich
xo‘jalik m a’lumotlari to ‘g ‘ridan to‘g ‘ri jurnal-order va yordamchi
vedomostlarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlami xronologik va tizimli aks
ettirib borishga m o‘ljallangan. X o‘jalik yurituvchi subyektlaming
ba’zilarida bir turdagi xo ‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir boMishi
yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy
davomidagi bir xil xo ‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli
130
yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan
m a’lumotlar jurnal-order hisob registriga ko'chiriladi. Yordamchi
vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-
orderda m a’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik
hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
Yordamchi
vedomostlar
buxgalteriya
hisob
obyektlarini
guruhlashda ham ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo
korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish
korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi vedomostlardan
foydalaniladi, ularda tegishli m a’lumotlar jamlanadi va oy oxirida
jumal-orderda aks ettiriladi. BoshIang‘ich xo‘jalik m a’lumotlarini
jumal-orderlarda to ‘g ‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida schyotlar
krediti bo‘yicha korrespondensiyalari jurnal-order hisob registrida
to‘g ‘ri yoritilishini ko‘zda tutilgan holda maxsus qator ajratish orqali
ko‘rsatib o ‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik
va yillik hisobotlar uchun zarur ko ‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus
qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya
hisobini jurnal-order
shakli
quyidagi
asosiy
prinsiplarga asoslangan:
- jum al orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli
schyot krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda
yoziladi;
- iqtisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq
schyotlar bo‘yicha jum al-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;
- sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
- buxgalteriya hisobi xo‘jalik jarayonlarini;
- nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlami
tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish;
- korresondensiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob
registrlari (jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi.
- hisob registrlari bir oy uchun q o ‘llaniladi.
131
Jumal-order shakli qo‘llanilishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga
ega bo‘linadi:
- hisob ishlari osonlashadi;
- xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
- hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o ‘rtasida taqsimlanishi
oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi
oshadi;
- hisob ishlari xarajatlari kamayadi;
- sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
- hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari yengillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jumal-order shaklida sintetik va analitik
hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi deb ta’kidlandi. B a’zi hisob
obyektlari bo‘yicha analitik hisob uchun analitik kartochkalar yuritiladi.
Analitik kartochkalar hisob obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda
qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik hisobi uchun A V -6a
“Asosiy vositalar inventar kartochlari” yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun
kartochkalar
yoki
yuqorida
ta’kidlab
o ‘tilganidek,
guruhlovchi
vedomostlar ham yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari
yuritilganda, ular m a’lumotlari asosida aylanma vedomostlar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jum al-order shaklida qo‘llaniladigan ikkita
hisob registri (jumal-order, yordamchi qaydnoma)dan tashqari zamriyat
bo‘lsa, yana yordamchi hujjat sifatida maxsus ishlab chiqilgan
jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registrida - Bosh kitob va boshqa registrlar asosida
balans va hisobotning boshqa shakllari tuziladi.
Bosh kitobda har bir schyot bo‘yicha varaq ajratilib, unda schyotga
taalluqli boshlang‘ich qoldiq, debet aylanmalari har bir mos ravishdagi
kreditlanuvchi schyotlar bilan birga,
kredit aylanmaning umumiy
summasi va oy oxiriga qoldiq summasi ham ko ‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schyotlar bo‘yicha m a’lumotlar
tegishli jum al-order, yordamchi vedomostlardan olinadi.
132
Demak, jurnal-order m a’lumotlari naqadar to‘g ‘ri va aniqligi
hisobot tuzish uchun asos hisoblananadi va Bosh kitob m a’lumotlarini
ham to ‘g ‘riligini ta’minlaydi.
Jumal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga
m o‘ljallangan bo‘lib, bir schyotning kreditga va boshqa schyotlaming
debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi.
Ba’zi schyotlar kredit aylanmalarini hisobini yuritishga m o‘ljallangan
jumal-orderlardan tashqari, shu schyotlaming debet aylanmalarini
hisobga olib boruvchi yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Savdo
korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan “Tovarlar”
schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit aylanmasi hisobi uchun
jurnal-order, debet aylanmasi hisobi uchun yordamchi vedomostlardan
foydalaniladi.
Schyotlar debet aylanmasi uchun m o‘ljallangan yordamchi
vedomostlardagi yozuvlar ham kreditlanuvchi schyotlar bilan aks
ettiriladi, y a’ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi.
Shaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks
ettiriladi.
Ba’zi schyotlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga
o ‘xshash boMganligi sababli, ular hisobi uchun bitta jurnal-order
m o‘ljallangan.
Masalan, “Asosiy vositalar”, “Asosiy vositalar eskirishi” schyotlari
iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o ‘xshash boMganligi sababli 13-
jumal-orderdan foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
Bosh daftarga esa, har bir schyot bo‘yicha ajratilgan varaqlarga
tegishli m a’lumotlar umumiy yuritilgan jumal-orderdan olib yoziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida qoMlaniladigan Bosh
daftaming xususiyati shundaki, unda schyot m a’lumotlarini bir oyligi
emas, balki, bir yil davomida yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order m a’lumotlarini umumlashtirish, hisobot
shakllarini tuzish uchun har bir schyotlar bo‘yicha yozuvlami
to ‘g ‘riligini tekshirish uchun moMjallangan.
133
|