18
Kirish qismida tavsif predmeti va obyekti, asosi bayon etiladi.
Asosiy qismda predmet, obyektning farqli belgilarini topish:
shaxslar
portreti, hayot tarzi, xatti-harakatlari, fe’l-atvori, asosiy
mashg‘uloti, kimlar bilan muloqotda bo‘lishi,
jonsiz narsalarda esa
o‘lchami, o‘ziga xos belgilari, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, asosiy
farqli jihatlari, predmet, obyektning xususiyatlarini yoritish maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa
qismida narsa-hodisa, voqelikning asosiy jihatlari
umumlashtiriladi.
Mulohaza-insholar
.
Muhokama inshoning yana bir turi
mulohaza insholardir.
Mulohaza inshoning maqsadi o‘quvchini
aytilgan fikrga ishontirish, muayyan masala
haqidagi qarashlarini
o‘zgartirish yoki mustahkamlashdan iborat. Shu sababli mulohaza
inshoning asosini aniq shakllantirilgan, tushunarli va har tomonlama
asoslangan bir asosiy fikr tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: