So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

Nazorat savollari 
 
1. Kommutatsiya tuguni tuzilishi va undagi asoaiy qurulmalarning 
vazifasini tushuntiring? 
2. DK - ATS da qo‘llaniladigan element bazasi haqida ma’lumot bering? 
3. K- ATS da qo‘llaniladigan element bazasi haqida ma’lumot bering? 
4. KE - ATS da qo‘llaniladigan element bazasi haqida ma’lumot bering? 






KB 


V







a) 
b) 


47 
5. E - ATS da qo‘llaniladigan element bazasi haqida ma’lumot bering? 
6. Kommutatsiya maydonini tuzilishini tudhuntiring?
7. Bir va ko‘p zvеnoli KB ulanishni tushuntiring?


48 
3. KOMMUTATSIYA TIZIMLARIDA SIGNALNI UZATISH 
TAMOYILLARI 
 
3.1. Signal turlari 
 
Elektr aloqa tizimlarida axborotlar signallar yordamida uzatiladi. 
Axborotlarni kanal bo‘yicha uzatish uchun taqdim qilish shakli 
signal 
deb 
ataladi. Ishlatilish sohalariga qarab va vaqt bo‘yicha aniqlanishiga ko‘ra, 
signallar analog va diskret ko‘rinishga ega bo‘ladi (3.1- rasm).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.1- rasm
.
Signal turlarining ko‘rinishi. 
Analogli signal
deb, analog signal amplitudasining maksimal va 
minimal oralig‘ida cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishiga aytiladi. 
3.2- rasm. Analogli signalning ko‘rinishi. 
U(t) 

Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali 

Uzluksiz vaqtning diskret signali 
U(t) 

Diskret vaqtning diskret signali 
U(t) 

U(t) 
Analog signal 
Diskret signal 
Diskret signal 
01010101 raqamli 
signal 
U(t) 
U
max 
U
min 



49 
Diskret signal
deb, cheklangan qiymatlar qabul qiladigan signalga 
aytiladi. Diskret signal raqamli signal bo‘lishi mumkin. Avtomatik 
kommutasiya texnikasida diskretli signallar ko‘p qo‘llaniladi, masalan: 
registrli va chiziqli raqamli signallar ikki asosli kod ko‘rinishida tasvir 
etiladi. Raqamli signallar ishlatilishi, signallarni raqamli ko‘rinishda 
aniqlashga imkon beradi. Raqamli signallar, ikkilamchi signal ko‘rinishida 
tasvir etiladi.
Agar signal faqat ikkita holatga ega bo‘lsa, u holda signallarni bitta 
ikkilangan raqamli kod ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin. Agar signallar 
holatini bir necha son bilan tasvirlamoqchi bo‘lsak, u holda ikkilangan 
raqamning razryadlar soni ko‘payadi. Diskret signal holatining soni 
quyidagi formula asosida aniqlanadi: 




1
0
n
i
i
aq
N
(3.1) 
bunda: a – simvollar soni, q – asosi, tizimning negizi, i- razryadlar soni. 
Agar q=2 bo‘lsa, a=0, 1 simvollarni qabul qiladi, q=10 bo‘lsa, a=0, 
1,…,9 simvollarni qabul qiladi. Agar 57 sonini o‘nli son asosida yozsak, u 
quyidagicha yoziladi. 
N
10
= 57 = 5*10
1
+ 7*10

Agar ikkilangan kod asosida yozsak, u holda 
N
57
= a*q
7
+ a*q
6
+ a*q
5
+ a*q
4
+ a*q
3
+ a*q
2
+ a*q
1
+ a*q
0
= 0*2
7

0*2
6
+ 1*2
5
+ 1*2
4
+ 1*2
3
+ 0*2
2
+ 0*2
1
+ 1*2
0
= 0 + 0 + 32 + 16 + 8 + 0 
+ 0 + 1 = 57 yoki 00111001 bo‘ladi. 
Diskret signal shu qatorda raqamli signallar cheklangan oxirgi holat 
sonidan iborat, ya’ni «0» va «1», shuning uchun uzatilayotgan signallar asl 
qiymatini tiklash osonroq. Bu holat axborotlarni yo‘qotmasdan, guruhli 
ulagich va tashqi ta’sir signal hisobiga sodir bo‘ladi. 
Liniya uzunligining ortishi bilan birga shovqin sathi ham oshib 
boradi, bu esa analog signallarni uzatishda muammo bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli signallarni sifatli uzatishga liniya uzunligi ta’sir ko‘rsata 
olmaydi. Qabul qilish qismida signallarni tiklash ekspander yordamida 
amalga oshiriladi. 


50 
Raqamli signal diskret signal bo‘lib, uning uchun qabul qiluvchi va 
uzatuvchi qurilmasida chegaralovchi qurilma o‘rnatiladi va ular uchun 
signal kuchlanishining belgilangan raqamiga mos kelish sharti qabul 
qilingan. 
Yuqorida ko‘rilgan signal turlarini hisobga olib, shuni qayd qilsa 
bo‘ladiki, elektr aloqa tizimlaridagi analog signalni raqamli kommutasiya 
tizimlarida qo‘llaniladigan diskret va raqamli ko‘rinishiga o‘tkazish 
modulyasiya usullari asosida amalga oshiriladi. Shu bois modulyasiya 
usullarini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin