4.4. O’quv-mashg’ul0tlarni tashkil qilish va ularni o’tkazishning metodik
asoslari
Mashg’ulot natijasi ko’p jihatdan murabbiyning belgalagan rejasini,
shug’ullanuvchilarning faoliyatini tashkil qilishning oqilona metodlari va metodik
usullarini qanchalik amalga oshirishiga, mavjud jihozlar, inventar, texnik
vositalar, harorat sharoitlari, sportchilarning tayyorgarliklari, ularning yoshga xos
va individual xususiyatlaridan nechog’lik samarali foydalanishiga bog’liq.
Mashg’ulotning tashkiliy jihatdan ta’minlanishi quyidagilarni nazarda
tutadi:
sanitariya-gigienik shart-sharoitlarning yaratilishi (xonani shamollatish,
xonani, snaryadlar va inventarlarni nam latta bilan tozalash);
mashg’ulotning
optimal
zichligini
ta’minlovchi
jihozlar
va
inventarlarning moddiy-texnik ta’minoti;
mashg’ulotda oldinga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishga imkon
beruvchi o’quvchilar faoliyatini tashkil qilish metodini tanlash (1- frontal metod -
barcha o’quvchilarning bir xil vazifa bajarishlari, mashg’ulotning yaxshi zichligi,
o’quvchilar shunday joylashadilarki, ular bir-birlariga halaqit qilmaydilar va
hammalari murabbiyni ко’rib turishlari kerak, murabbiy esa ularni ко’rib turishi
lozim; 2- guruhli metod- topshiriqlarning bir necha guruhiar tomonidan bir vaqtda
bajarilishi; 3- individual - topshiriqni mustaqil bajarish (sport o’yinlari) ; 4-
aylanma metod - aylana bo’ylab 4 ta dan 10 tagacha mashqlardan iborat
tansiyalaming joyiashishi, ular 1 dan 3 martagacha tanaffussiz yoki kichik tanaffus
bilan o’tiladi.
Mashg’ulot mazmuni tayyorgarlik rejasi bilan aniqlanadi, unda maqsad,
vazifalar, talablar va me’yorlar ko’rsatiladi. Mashg’ulot (dars) tuzilishi tayyorlov,
asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: