Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   373
innovatsion

-
 
matematika 
fani 
boʻyicha 
darsliklar 
va 
oʻquv 
qoʻllanmalarni 
takomillashtirish; 
-
 
matematika fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek oʻqitish 
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish 
tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish. 
Fanlarni oʻqitishda 
axborot bilan ishlash kompetensiyasi
ni samarali 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi 
zamonaviy 
axborot-
telekommunikatsiya 
vositalaridan 
muntazam 
foydalanish 
zarur. 
Bunda 
oʻquvchilarni darslik va turli oʻquv manbalari bilan ishlash, matematika faniga oid 
axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish axborot vositalari bilan ishlash 
koʻnikmalarini shakllantirishda turli metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Quyida interfaol metodlardan namuna keltiramiz: 
Klaster
Klaster (gʻuncha, bogʻlam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning 
muayyan shakli boʻlib, u oʻquvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq 
oʻylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam 
beradi. Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻgʻrisida fikrlash 
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq 
obyektga yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya 
faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod 
muayyan 
mavzuning 
oʻquvchilar 
tomonidan 
chuqur
hamda 
puxta 
oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta’minlashga 
xizmat qiladi. 


252 
“Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, … ) ortiqcha
metodi
Oʻquvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish koʻnikmalariga ega boʻlishlarida 
ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qoʻllash quyidagi harakatlarda amalga 
oshiriladi: 
— oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi 
tushunchalar tizimini shakllantirish; 
— hosil boʻlgan tizimdan mavzuga taalluqli boʻlgan 4 ta (5 ta, 6 ta, … ) va 
taalluqli boʻlmagan bitta tushunchaning oʻrin olishiga erishish
— oʻquvchilarga mavzuga taalluqli boʻlmagan tushunchani aniqlash va uni 
tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; 
— oʻquvchilarni oʻz harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni 
mustahkamlash 
maqsadida 
oʻquvchilardan 
tizimda 
saqlanib 
qolgan 
tushunchalarga ham izoh berib oʻtishlari hamda ular oʻrtasidagi mantiqiy bogʻlikni 
asoslashlarini talab etish lozim). 
Assessment
Ushbu metodning maqsadi ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, 
nazorat qilish, oʻzlashtirish koʻrsatkichi va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishdan 
iborat. 
Uning tarkibi quyidagicha tuziladi: 

Tegishli fan boʻyicha oʻtilgan (boʻlim, kurs) yuzasidan 1-2 ta test beriladi. 

Mavzu boʻyicha ilmiy-nazariy fikrlar, gʻoyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr 
koʻrinishida beriladi, masalan: …..ga ta’rif bering. 

Oʻtilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo 
beriladi. 

Oʻtilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qoʻllashdagi 
koʻnikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan: …..chizing, hisoblang, 
toʻldiring, toping, solishtiring… va boshqalar. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin