Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish



Yüklə 364,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix24.12.2023
ölçüsü364,13 Kb.
#193681
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82

1920 yillar 
oxiriga kelib hukumatda harbiylarning roli 
24
Бухоро ахбори. 209-сон. 1923 йил 3 октябр. 


kuchaydi va so‘l kuchlar quvg‘in ostiga olindi. Mamlakatda harbiylar, ayniqsa, 
«Yosh ofiserlar» deb ataluvchi radikal kayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi. 
Ular ko‘ppartiyali parlament tizimidan voz kechishni, mamlakatda diktatura 
o‘rnatishni, tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirishni talab qildilar. Hukumat 
boshlig‘i 
general Giiti Tanaka 
ham ular tomonida bo‘ldi va bu 1920-yillar oxiri 
1930-yillar boshlarida «Yosh ofiserlar» tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga 
oshirilishiga va, hatto, 
1932 yil mayda 
isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Isyon 
muvaffaqiyat qozonmadi, ammo Yaponiya «Yosh ofiserlar» ta’siri ostida 
bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi. Yaponiyada shakllangan totalitar tizim o‘ziga xos 
avtoritar-monarxistik shaklga ega edi. Osiyoda hukmronlik qilish uchun keng 
miqyosli urush sharoitida bu avtoritar-monarxistik rejim yangi jihatlar kasb etdi. 
Mamlakatning hukmron doiralari yangi siyosiy va iqtisodiy tizim yaratish siyosatini 
e’lon qildilar. 
«Yangi siyosiy tizim» 
deganda, jamiyat ustidan harbiy-davlat 
byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushunilar edi. Shu tariqa, Yaponiyadagi 
hukmron rejim asta-sekin totalitar xarakter 
kasb etib bordi: parlament demokratiyasi belgilari bekor qilindi, iqtisod to‘liq davlat 
nazorati ostiga o‘tdi, yapon millatining buyukligi to‘g‘risidagi g‘oyalar rejimning 
mafkuraviy tayanchi bo‘lib xizmat qildi, aholining qo‘llab-quvvatlashini ta’minladi. 
Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi 
siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat 
1931-yili
Xitoyning Manchjuriya 
provinsiyasining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Manchjou-Go 
qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‘pol 
bosqinchilikka keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu tashkilotdan 
chiqdi. 

Yüklə 364,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin