Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.
Psixologiyada «shaxs» tushunchasiga psixologik tavsif bering.
2.
Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosi qanday hal qilinadi?
3.
Shaxs nazariyasining psixologik asoslari nimalardan iborat?
4.
Muxandis faoliyatida shaxsning ob’ekt va sub’ekt sifatidagi o’rnini
ayting.
5.
Muxandis xodimlar shaxsining psixologik tuzilishi qanday?
6.
Muxandis xodimlarining kasbiy yo’nalishiga psixologik tavsif bering.
7.
Muxandis xodimlarining bilish faoliyatiga psixologik tavsif bering.
Muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy sifatlar qanday
ahamiyatga ega?
69
III. PROFESSIOGRAFIYA (PROFESSIOGRAMMA)
TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja
1.
Professiografiyaning mohiyati.
2.
Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif.
3.
Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat.
4.
Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo’llari.
1.
Professiografiyaning mohiyati.
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy
faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni
umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani
shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – “kasblar tasviri” umuman
olganda professiografiyani o’rganish, kasbning psixologik tavsifi va
loyihalashtirishini o’z ichiga oladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini
tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari,
vositalari va sharoitlari o’rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri
kasbiy faoliyatni o’rganishda differentsial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu
tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga
bo’ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday
kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga
ko’ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy
bilim, malaka, ko’nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni
o’rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy
toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib,
profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o’rganish usullarini uning
tavsif, mazmuni, shuningdek, qo’llanilish sohasi ya’ni professiografiya o’tkazish
xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo’lib, u
mutaxassisning motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi.
70
Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan
psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi. Professiografik tadqiqot
metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi ya’ni psixik
jarayonlar ko’rishini ya’ni, mehnat sub’ektining ichki vositalariga bo’lgan integral
psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada ko’pgina turli-tuman usullar qo’llanadi:
1) Ijtimoiy (so’rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2) Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy
so’rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o’rganish
metodi);
3) Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o’lchash antopometrik va texnik
ma’lumotlar);
4) Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va
vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob
beruvchi usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni
tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi muhim rol o’ynaydi.
Psixografiyalarni kasbga yo’naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning
umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi.
Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha
chuqurroq o’rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo’nalishi bu shaxsning
qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning
kasbga yo’naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik
tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o’quv - kasb
muassasalarida talabalar, o’quvchilarni o’qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi
lozim bo’lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim
hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga
yo’naltirish, kasbiy yo’nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini
aniqlab bo’lmaydi.
Ta’limga yo’naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’ektligi
haqidagi g’oya qo’yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’ekti bo’lib, unga bir
71
qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun -
mohiyati va loyiqalashtirish texnologiyalarini o’rganib chiqishdi. “Kasb pasporti”
bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo’nalish, kasb
maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Kasbning
asosiy ob’ekti” (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
“Inson – tabiat”, “inson – inson”, “inson – texnika”, “inson - belgilar tizimi”,
“inson badiiy obraz” va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash
bloklarining asosi hisoblanadi. “Kasbiy predmetli salohiyat” bloki ko’p tizimli
ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini o’z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi
sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’ektlarga yo’naltirilgan, bu ob’ektlar
qanday ob’ektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday
ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega bo’lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy
salohiyat” blokida shaxs ob’ektining quyidagi yo’nalishlari aks etadi. Fikrlash
potensialining rivojlanishi. Shaxsni o’zini nazorat eta olish va rivojlantirish
imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo’naltirilganligi. Shaxsning
bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va
iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik
talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga
qo’yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy ko’rsatmalar, jinsiga, yoshga
bo’lgan va sanitariya – gigienik talablar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |