Ochiq eshiklar kuni odatda 2-3 soat davom etadi va ota-onalarga maslahat
berish bilan tugashi mumkin, buning uchun maktabga shifokor, yozuvchi,
huquqshunos, otaliq korxonalari mutaxassislari taklif etiladi.
4. Ochiq dars.
Ota-onalarning hozirgi ta’lim darajasida tashkil qilingan ochiq
darslarni kuzatishi ularga farzandlariga o’qishda ko’maklashish imkonini beradi.
5. Maslahatlar berish savol-javob kechalari.
Bunday kechalarga kamida bir
oy oldin o’qituvchi va ota-onalar birgalikda tayyorgarlik ko’rishadi. Tayyorgarlik
jarayonida barcha uchun aktual bo’lgan muammolar ko’tariladi. Ota-onalarning
ehtiyojini yanada to’laroq qondirish uchun bunday kechalarga psixolog, tibbiyot
xodimi, huquqshunos va h.k. larni taklif qilish mumkin.
6. Ota-onalar yig’ilishlari.
An’anaviy tarkib topgan shakl bo’lib, hal
qilinayotgan aniq vazifalarga bog’liq holda sinf yig’ilishlarini tashkiliy, chorak,
yakuniy yig’ilishlarga bo’lish mumkin.
7. Biror mavzuga bag’ishlangan yig’ilishlar.
Tarbiyaning eng dolzarb
muammolari yuzasidan o’tkaziladi, ularda ota-onalar qo’mitasi va sinf rahbarining
o’quvchilardagi u yoki bu sohadagi tarbiyalanganlik darajasi to’g’risida to’plagan
materiallardan foydalaniladi.
8. Majlis - munozaralar.
Ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga
jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Munozara shaklidagi majlis oilaviy tarbiyaning eng
o’tkir masalalarini tilga olish, xatolarini ko’rsatish, bu xatolarning oqibatlarini tahlil
etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: