9. Majlis praktikumlar.
Ota-onalarning tarbiyaviy
jarayonda ishtirok etishini
faollashtirish, unga maqsadga yo’naltirilgan tus bag’ishlash maqsadida o’tkaziladi.
Ota-onalar qo’mitasi navbatdagi majlisda ota-onalar oldiga bir oy mobaynida bolada
muayyan xususiyatlar namoyon bo’lishini kuzatish, masalan, unda mehnatsevarlik
darajasini belgilashdek aniq tarbiyaviy vazifani qo’yadi.
Har bir oila uchun aniq
savollar tuziladi va ko’paytiriladi: «Sizning farzandingiz
doimiy topshiriqlarga
egami: ularni istar-istamas yoki quvonch bilan bajaradimi?
Oilaning boshqa
a’zolariga ular mehnatida ko’maklashadimi?», va h.k.
Maqsad oilada mehnat
tarbiyasining ahvolini o’rganib, amaliy maslahatlar berish.
10. Ota-onalarning sinfdagi umumiy ta’limi rejasiga ko’ra majlislar.
Avvaldan belgilangan reja, muayyan tizimga muvofiq ota-onalarga pedagogik bilim
berishning shakli bo’lib, unda oilaviy tarbiya tajribalarini ayirboshlash, ommaviy
axborot vositalarida bosilib chiqadigan maqolalarni muhokama qilish va hokazolar
bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, oilada har bir a’zoning o’z o’rni bo’lib,
unga qattiq rioya qilinishi zarur. Sharq oilalarida ota-oila podshosi deb hisoblangan.
Bu so’z bilan ona yoki oilaning boshqa a’zolari
kamsitilgan emas,
balki erkak
kishiga hurmat bilan bir qatorda katta mas’uliyat yuklangan.