Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 


«Oila» yilining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
e’lon qilinishi va uning tarbiyaviy ahamiyati. 
Davlatning barqarorligida oila o’rnini hisobga olgan holda hukumatimiz uni 
o’z himoyasiga olgan. O’zbekiston Respublikasining oila to’g’risidagi qarorlari, 
ko’p bolali, kam maosh oladigan oilalar, nogironlar, urush qatnashchilari oilalariga 
qo’shimcha nafaqa to’lash, bolalar sog’ligi to’g’risida qayg’urish, qolaversa 1998 
yilning Oila yili deb e’lon qilinganligi fikrimiz dalilidir. 
Bunga javoban oila ham davlatga yetuk farzandlar etishtirib berishi mantiqan 
to’g’ridir. 
Jamiyat ishiga va ravnaqiga sadoqatli, axloqan pok insonlarni – murosali, totuv, 
halol, hurmat-izzatli oilalar yetkazib beradi. Bizning o’zbek oilalarimiz bu 
xususiyatlardan xoli emasdir. Boshqa xalqlardagi kabi o’zbeklarda ham nikoh-
oilaning negizi hisoblanadi. U asosan muhabbatga asoslangan bo’lib, erkak va 
ayolning bir umrli ittifoqidan iborat bo’ladi. 
Hozirgi kunda O’zbekistonda qishloq joylarida har yili 150 mingdan ortiq 
yangi oila vujudga kelmoqda, mustaqillik yillarida esa qishloqlarimizda 2 million 
600 mingdan ziyod yosh oila paydo bo’ldi va ular o’z uyiga ega bo’lishga ehtiyoj 
sezmoqda. Shu munosabat bilan hozirgi kunda qishloq joylarida yakka tartibda uy-
joylar qurilmoqda. 
Oila tarbiyasida ota-onaning namunasi. Oilada pedagogik ta’sir 
ko’rsatish vositalari va metodlari.
Oilaning moddiy tomonidan tortib, to bolalar tarbiyasigacha ota bosh-qosh 
bo’lgan. Qarang-ki, bu borada ham o’zbek oilalari jahon oilalaridan qolishmas ekan. 
Chunki bolalarni tarbiyalashda otalarning burchi haqidagi mashhur kishilarimizning 
fikrlari nafaqat o’zbeklarda, balki boshqa xalqlarda ham oilada otaning mas’uliyati 
juda katta ekanligini yaqqol ko’rsatadi: «Ota bo’lish juda oson. Aksincha otalik 
qilish juda qiyin» (V. Bush), «Ota donoligi bolalar uchun saboqdir» (Demokrit). 
Haqiqatdan ham ota oila farovonligi, bolalarning barkamol tarbiyasi uchun eng 
javobgar shaxsdir. Chunki bolalar uchun ota hamma narsaga qodir, ideal shaxs 


hisoblanadi. Albatta bolalar o’z ideallarining shirin suhbatiga, mehriga, diqqat–
e’tiboriga doim mushtoq bo’ladilar. Afsuski ba’zi bir otalar bu narsani 
tushunmaydilar, tushunsalar-da, ish ko’pligini vaj qiladilar. Vaholanki, yarim soat 
televizor bahridan o’tish, yarim soat kam ro’znoma va oynoma o’qish, yarim soat 
kamroq dam olish yoki hech bo’lmaganda shu mashg’ulotlarni bolalar bilan 
birgalikda bahs uyushtirib bajarish ham ancha ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalarning 
o’qishi, do’stlari, hayoti bilan qiziqish ularda oilada qadr–qimmatlari borligini his 
qildiradi. Bu esa o’z navbatida bolalar ko’z o’ngida ota obro’sini oshiradi.
Ota o’zining qiziqishi bilan bolalarda mehribonlikni, bosiqligi bilan matonatni, 
talabchanligi bilan intizomni, ayoliga mehribonligi bilan onalarni e’zozlashni 
o’rgatish bilan bir qatorda ularga oilada «erkak», «ota», «yer» o’rnini amalda 
ko’rsatadi. Oilada ko’proq o’g’il bola otaga ergashadi. Xalq qo’shiqlarida o’g’il 
bolaning «otaning dumi» deb bekorga aytishmagan. Shunday ekan, ota o’g’il 
tarbiyasiga alohida e’tibor berishi kerak. Avvalambor o’zi o’rnak bo’lib (chunki 
o’g’il bola doim otasiga taqlid qiladi. Xalqimizda «Qovun – qovundan rang oladi» 
degan naql bor) birinchi navbatda ularda ayolga, qiz bolaga nisbatan hurmat-
ehtiromni shakllantirishi kerak. Tarixdan ayollarimiz uyda erkak bo’lmagan paytda 
suv tugab qolgan kezlarda chelaklarni darvoza oldiga chiqarib qo’yishi, uni ko’rgan 
yo’lovchi erkak yoki yigit chelakni to’ldirib darvoza oldiga keltirib qo’yib, 
darvozani taqqilatib, o’zi kimligini ham bildirmasdan ketib qolishi hammamizga 
ma’lum. Bu ayolni e’zozlash emasmi?
Ikkinchi navbatda otalar o’g’illariga biror bir hunar o’rgatishlari zarur. Chunki 
bu narsa V.A. Suxomlinskiy ta’riflagan o’g’il bolalardagi uchta xislatni, ya’ni 
erkaklik burchi, erkaklik mas’uliyati, erkaklik g’ururi va ahamiyatini shakllantiradi. 
Abu Lays az Samarqandiy o’zining «Bo’ston ul Orifin» asarida otaga shunday 
o’gitlarni beradi: «Nuridiydam, oilangda farzand tug’ildi. Agar o’g’il bo’lsa, 
shamchirog’ing sira o’chmagay, holva bo’lsa, o’kinma, xonadoningga aning shirin 
yig’isi bilan birga mehr va saodat kirgusidir. 
Farzandni aslo toifaga ajratma! Qizmi, o’g’ilmi ul sening zurriyoding, alarni 
tarbiyalab, oyoqqa turg’izish vazifang... 


O’g’ilga ortiqcha mehr ko’rsatsang, qizing ranjir, qizga ko’p e’tibor qilsang, 
o’g’ling o’ksinur...
Sen oilaning hokimisan... Xeshlariga adolat tarozisi ila munosabatda 
bo’lmagan hukmdorning holi ne kechishi senga ayondir... 
Parvardigor senga iqtidor, kuch–quvvat, muruvvat berdi. Bu ne’matlarning 
qadriga et! Illo, o’g’ling sening izingdan boradur!
Bir kishi shayx ul-islomning qoshlariga kelib: 
-Hazrat, illo yaratgandan nolishga sira asosim yo’q. Ammo bir mushkulotga 
yechim bering, - deydi. 
-Ayt, -debdi 
-O’g’lim tarbiyasiga bir oz e’tiborim bor. Ini singillarini haqorat qilar, koyirdi. 
Endi esa onasiga qo’pol muomala qilayotganining guvohi bo’ldim... 
-Bir savolimga javob bering, balki bu javob sizni qiynayotgan mushkulotga 
ham chora bo’lar.
-Qulog’im sizda! 
-Yigitlik 
chog’ingizda 
farzandlaringizga 
ortiqcha 
po’pisa 
qilib: 
so’karmidingiz? Bolalar ishtirokida ayolingizga qo’pol gaplar aytib, tanbeh 
berganmisiz? 
Kishi indamabdi... 
Oilada ona o’rnini hech bir zot bosa olmaydi. Dono xalqimiz onani «oila 
ustuni» deb bejiz aytishmagan. Payg’ambarimiz Muhammad Sallollohi 
Alayhissalomning o’z hadisu shariflarida «Avvalo onangga yaxshilik qil», yoki 
Hazrat Navoiy bobomiz: «Onangga kaftingda tuxum qovurib bersang ham undan 
qarzdorsan» deb, onaizorimizning mehr-saxovatda tengi yo’q, kechiruvchan 
ekanliklarini nazarda tutib aytgan bo’lsalar kerak.
Rivoyat qilishlaricha, payg’ambar alayhissalomning asri bir yigit bor edi. Mast 
bo’lib, onasiga bir shapaloq urdi. Onasi yig’lab, payg’ambar alayhissalomning 
huzurlariga bordi va dedi: 
-Yo rasulolloh, o’g’lim menga shunday azob qildi! 


O’g’il mast bo’lib, uxlab qolgan edi. Biror soatdan keyin uyg’onib, o’ziga 
keldi, unga: «Mastlikda onangga bunday azob berding! » dedilar. Yigit bu so’zni 
eshitib, pichoq bilan o’z qo’lini kesdi va bandidan judo qildi. Bir qo’liga pichoq olib, 
payg’ambar alayhissalomning oldilariga bordi. Onaning nazari o’g’liga tushib, 
kesilgan qo’lini ko’rgach, o’z og’rig’ini unutib, o’g’lining oyog’iga yiqildi va dedi:
-Ey jigarimning porasi, voy ko’zimning ravshani, qo’lingni kim kesdi? 
O’g’li onasining oyog’iga bosh qo’yib: 
-Ey ona, mening qo’lim senga beodoblik qilgani uchun kesdim, uning jazosi 
shudir! – dedi. 
Onasi bu so’zni eshitib, unga rahmi va mehri kelib, quchog’iga oldi va yuzini 
yuziga qo’yib, yig’lay boshladi. Payg’ambar alayhissalom buni ko’rib, xayolga 
cho’mdilar. Shu payt Jabroil Alayhissalom shunday vahiy olib keldi: 
-Yo Muhammad, shafqat vaqtidir, sen bular uchun duo qil, men ularning 
gunohidan o’tdim. 
Payg’ambar alayhissalom yigitga: 
-Qo’lingni bandini-bandiga qo’y! – dedilar. 
Yigit qo’lining bandini – bandiga qo’ygan edi, Payg’ambar alayhissalom duo 
qildilar. Shu onda uning qo’li asli holiga keldi. 
Ey odam, agar mo’’min bo’lsang, ota-onangni rozi qil, to do’zax olovidan xalos 
bo’lgaysan. 
Oila ustuni bo’lmish ona o’zining barcha vazifalari bilan bir qatorda ayniqsa 
ko’proq qiz bolalar tarbiyasiga bosh – qosh bo’lgan. Xalqimiz o’zining asriy 
turmush tajribalariga tayanib, qiz bolaning tarbiyasini ko’proq ona zimmasiga 
yuklagan. Chunki qizlar ko’proq onasi bilan birga bo’lib, unga taqlid qilishadi. 
Xalqimizdagi «Ona qiziga taxt emas, baxt yasaydi» degan naql ham bejiz 
aytilmagan. Shuning uchun ona qiz bolaning tarbiyasiga alohida e’tibor berib, unga 
hayotning maqsadi va ma’nosini, turmush ikir – chikirlarini, har bir yumushning 
to’g’ri bajarish qoidalarini sabot bilan o’rgatmog’i darkordir. 

Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin