Asosiy tayyorgarlik ishlari sinf rahbari rahbarligida amalga oshiriladi. U ota-
onalar qo’mitasi (maktab ota-onalar qo’mitasi prezidiumi) bilan birgalikda
konferentsiyani tayyorlash va tashkil etish rejasini tuzadi. Rejada odatda quyidagi
masalalar ko’zda tutiladi:
-konferentsiya dasturini tuzish;
-konferentsiya mavzu yuzasidan muhokama qilish uchun aniq masalalar
ajratish;
-konferentsiya mavzui yuzasidan ota-onalar uchun mavzuli ko’rgazma tashkil
etish (adabiyotlarni, taniqli pedagoglarning fikrlarini va h.k. larni tanlash);
-ota-onalarning mo’ljallanilayotgan nutqlarini tayyorlash;
-mazkur muammo yuzasidan oilaviy tarbiya ijobiy natijalarini umumlashtirish;
-sinf rahbari (sinf rahbarlari metodik hay’ati tomonidan sinf ota-onalar komiteti
prezidiumi) bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash yuzasidan tegishli
tavsiyanomalar ishlab chiqish.
Konferentsiyani muvaffaqiyati ularning faolligi, mohirona so’zga chiqishlariga
bog’liq.
Konferentsiyani o’tkazish tartibi:
1.Sinf rahbarining konferentsiyani o’tkazish vazifalari va tartibi to’g’risidagi
kirish so’zi;
2.Bolalarni tarbiyalashning aniq masalalari yuzasidan ota-onalarning bergan
qisqacha ma’lumotlari;
3.Tinglangan ma’ruzalar yuzasidan nutqlar;
4.Maktab direktori yoki sinf rahbarining konferentsiya yakunlari bo’yicha
xulosasi.
Dostları ilə paylaş: