142
Multimedia
- kompyuter uchun moʻljallangan tovush, video va
turli animatsiya effektlari jamlanmasidan
iborat texnik yoki dasturiy
majmua. Tovush, video, animatsiyalarni “multimedia elementlari” -
deyish mumkin.
Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina turlarini oʻzida
integratsiyalaydi. Masalan:
a)
skanerdan olingan tasvirlar;
b)
yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa;
d) murakkab videoeffektli videolar
e) turli animatsiyalar
Qolaversa, multimedion vositalarga qoʻshimcha qilib, proyektor,
interaktiv doskani ham kiritish mumkin.
Yana shu narsani taʼkidlash joizki, multimedia orqali olingan
bilimlar kishi xotirasiga uzoq saqlanib,
kerak paytda amaliyotda
qoʻllash imkonini beradi. Umuman olganda, multimediani qoʻllash
orqali quyidagi oʻqitish effektivligiga erishiladi:
. bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori
bilan amalga oshadi;
. multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi,
xursandlik esa oʻz navbatida uni oʻquv
faniga munosabatini ijobiy
tomonga oʻzgartiradi;
. oʻquvchini boshqalarga nisbatan oʻzini namoyon qilish imkoniyati
paydo boʻladi;
. oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon
paydo boʻladi: kim koʻp bilsa va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa,
oʻsha yutib chiqadi;
. oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi,
boshqalarga kulgi boʻlish hissi, yomon baho olishdan qoʻrqish hissi
chekinadi;
. jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti tashkil topadi;
. oʻquvchilar mavjud qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtishga
intiladilar;
. fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati
tugʻiladi.
Dostları ilə paylaş: