4 – LABORATORIYA ISHI SUTNI ANALIZI Sut margarinning tarkibiy qismidan biri bo‘lib, unga bir qator ijobiy sifatlarni beradi.
Vaholanki sut bir qator talablarga javob bergandagina margarinning sifati yaxshi o‘rinda bo‘ladi.
Sigir suti toza hid va ta’mga ega bo‘lishi, ozgina sarg‘imtirroq rangli bo‘lishi, uning tarkibida yog‘
3,2% dan kam bo‘lmasligi, quruq modda miqdori 8,0 % kam bo‘lmasligi va kislotaligi 21
o
Ternerdan oshmasligi kerak.
Shuning uchun margarin zavodlarida sutni qabul qilishda uning:
1.
Zichligi
2.
Kislotaligi
3.
Yog‘liligi (margaringa to‘g‘ri retseptura tuzish uchun)
4.
Quruq modda miqdori aniqlanishi muhim va shartdir.
4.1. KISLOTALIGINI ANIQLASH Sutning kislotaligi 100 ml sutni fenolftalein ishtirokida 0.1 n ishqor (KON yoki NaOH)
eritmasi bilan neytrallanganda zarur bo‘ladigan ishqorning millilitr miqdori bilan ifodalanadi.
Yangi sutning titrlangan kislotaligi uning tarkibida fosfor kislota va limon kislota tuzlari,
oqsil borligi bilan tushuntiriladi.
Sog‘lom sigirlarning yangi sutining kislotaligi 16-18
o
T atrofida bo‘ladi. Sutni saqlashda va
tashishda uning kislotaligi oshadi va bu bakteriyalarning, asosan sut bijg‘ituvchi (molochno-kisliy)
bakteriyalarning hayot faoliyati bilan bog‘liqdir.
Kislotaligi 21
o
Ternerdan oshiq bo‘lgan sut qabul qilinmaydi, chunki u pasterizatsiya
davomida ivib qoladi.
Reaktiv va materiallar: 100-150 ml li konussimon kolba, fenolftalein eritmasi, 0.1n li
NaOH yoki KOH eritmasi.
Ishning bajarilishi: 100-150 ml li konussimon kolbaga pipetka yordamida 10 ml sut, keyin
20 ml distillangan suv va 3 tomchi 1%-li fenolftalein eritmasi solinadi, so‘ngra sekin chayqatiladi
va 0.1n natriy gidroksid eritmasi bilan 1 minut davomida yo‘qolmaydigan binafsha rang hosil
bo‘lguncha titrlanadi.
10 ml sutni titrlash uchun ketgan 0.1 n ishqor eritmasining millilitr miqdorini 10 ga
ko‘paytiriladi va 100 ml sutning Terner darajasidagi kislotaligi aniqlanadi.